Mazkur turnirda Nodirbek Abdusattorov (2766) ham ishtirok etdi. Uchrashuvlarning 8 tasida durang va bir mag‘lubiyat qayd etgan O‘zbekistonning birinchi raqamli shaxmatchisi yakunda 9-o‘rinni egalladi hamda tashkilotchilar tomonidan taqdim etilgan 14500 AQSH dollari miqdoridagi mukofot pulini qo‘lga kiritdi.
Musobaqa chempioni Fabiano Karuana 68750 AQSH dollariga ega bo‘ldi. Undan keyingi o‘rinda bir xil ochko qayd etgan uch nafar shaxmatchi — fransiyalik Alirezo Firuzja, hindistonlik Dommaraju Gukesh va Rameshbabu Pragnanandhaning har biriga 58750 AQSH dollari miqdoridagi pul mukofoti taqdim etildi.
Ma’lumot uchun, FIDE’ning iyun oyida yangilangan reytingida Nodirbek Abdusattorov 6-o‘rinda qayd etildi.
Izoh (0)