Rossiyada ingliz tilidan IELTS testini topshirish jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkin. Mamlakat bosh prokuraturasi testni tashkillashtiruvchi British Council’ni “nomaqbul” tashkilot deb topdi.

Rossiya prokuraturasi da’vosiga ko‘ra, British Council “ta’lim va madaniy faoliyat”, ya’ni ma’rifiy tadbirlar va ingliz tilini o‘qitish “niqobi ostida” uzoq muddatli “Britaniya manfaatlari va qadriyatlarini” ilgari suradi. Shu jumladan, LGBTni targ‘ib qiladi.
British Council va 2021-yilda “nomaqbul” deb topilgan Oxford Russia Fund fondi “buzg‘unchilik ishlari”da ayblangan. Federal Xavfsizlik xizmati rossiyaliklarni ushbu xorijiy tashkilotlar faoliyatida “ishtirok etish” oqibatidan ogohlantirmoqda
Bunday hamkorlik Rossiyaning ma’muriy va jinoiy javobgarligiga tortilishga olib keladi, deya ogohlantirgan FXX.
Shu sababdan endilikda rossiyaliklar IELTS imtihonlarini topshirishi, jumladan, chet elda ham “nomaqbul” tashkilotni moliyalashtirish sifatida baholanishi mumkin (JK 284.1-moddasi), deydi xalqaro huquqshunos Artem Kliga.
Buning uchun maksimal jazo besh yilga ozodlikdan mahrum qilishni nazarda tutadi. British Council’ga oid havolalar va materiallarni ommaviy ravishda joylashtirish “nomaqbul” tashkilot faoliyatida ishtirok etish deb hisoblanishi mumkin (Rossiya Ma’muriy huquqbuzarlik kodeksining 20.33-moddasi).
Buning uchun jismoniy shaxslarga 15 ming rublgacha (190 dollar), yuridik shaxslarga esa 100 ming (1262 dollar) rublgacha jarima solinishi mumkin, deydi “Kovcheg” loyihasi asoschisi, yurist Anastasiya Burakova.
Izoh (0)