• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +39°C
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Abituriyent

    13 marotaba IELTS imtihonini topshirib, 8.5 ball natijani qayd etgan Bekzod Mirahmedov hikoyasi

    Xorijda tahsil olishni yoki ishlashni niyat qilgan yoshlar uchun IELTS (International English Language Testing System) eng muhim qadam hisoblanadi. Shu sababli kundan kunga O‘zbekistonda IELTS imtihonini topshiruvchilar soni tobora ortib bormoqda. Xo‘sh, IELTS’dan yuqori ball olish uchun nima qilish kerak? IELTS sertifikatlarini sotib olish mumkinmi? Topshiruvchilarning imtihonda eng ko‘p yo‘l qo‘yayotgan xatolari, feyk IELTS sertifikatlar haqida 13 marotaba IELTS imtihoni topshirib, 8.5 ball natijani qayd etgan Bekzod Mirahmedov “Daryo”ga batafsil gapirib berdi.

    Foto: Facebook/@Bekzod Mirahmedov

    Foto: Facebook/@Bekzod Mirahmedov

    Bekzod Mirahmedov yoshi 31 da. Namangan viloyati Pop tumanida tug‘ilgan. U Westminster universitetida “Biznes boshqaruvi” yo‘nalishida tahsil olib, keyinchalik Amerikaning Tennessee Tech Universitetida magistratura bosqichini tugatgan.

    Dastlab faoliyatim haqida

    Bolaligimdan ingliz tilini o‘rganishga qiziqqanman. 2005-yilda “ACCELS” dasturida g‘olib bo‘lib, 1 yil davomida Amerikada o‘qish imkonini qo‘lga kiritdim. Menimcha, asosiy poydevor o‘sha yerda qo‘yilgan bo‘lsa kerak. Kelganimdan keyin ham o‘z ustimda tinimsiz ishladim. Keyinchalik, “Biznes boshqaruvi” yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrni Westminster’da, magistraturani esa Amerikada o‘qidim. Lekin o‘z sohamdan ketmadim. Ko‘pchilik “Amerikalarda o‘qib kelgan ekansiz, nimaga o‘qituvchilik qilib yuribsiz” degan savol berishadi. Men o‘zim qiziqqanim, bolalar bilan ishlash, ularni o‘qitish yoqqani uchun shu sohadaman. Hayotdagi shiorim inson boylik yoki obro‘ topish uchun emas, aksincha, o‘zi sevgan, ko‘ngli istagan kasb bilan shug‘ullanib yashashi kerak!

    Foto: Facebook/@Bekzod Mirahmedov

    Foto: Facebook/@Bekzod Mirahmedov

     2006-yildan hozirgacha 13 bor IELTS imtihonini topshirib, 8 marta 8.5 ball — C2 darajaga erishganman. Boshida o‘z darajamni bilish maqsadida topshirgan bo‘lsam, hozirda o‘qituvchi sifatida bilimimni mustahkamlayapman. British Council bilan hamkorlikda ishlab, imtiyozli topshirish imkoniga ega bo‘lganim, shuningdek, savollar o‘zgaryaptimi, bolalarga o‘qitishda nimaga ko‘proq e’tibor berish kerakligini bilish uchun ko‘p bora imtihonga kiryapman.

    IELTS’ni mustaqil o‘rganish mumkinmi?

    To‘g‘ri, bugun internetda IELTS’ga oid YouTube’da kanallar, videolar juda ko‘p. Bular yordamida har kim o‘zi uyda mustaqil o‘rganishi mumkin, biroq bu online darslarning hammasi ham to‘g‘ri emas-da. Ko‘ruvchilarning sonini ko‘paytirish uchun masalan, mana buni qilsang IELTS’dan 9 ball olasan, mazmunidagi yolg‘on videolar joylanadi. Aslida bu “maslahat”lar o‘sha talabga javob bermaydi. O‘quvchi esa buni farqiga bormasligi mumkin. Bundan tashqari, ko‘pchilikda o‘z ustida ishlash, nazorat qilish ko‘nikmasi yetishmaydi. Qolaversa, insho yozish (writing) qismida o‘qituvchiga albatta ehtiyoj seziladi. Sababi bu bosqichda o‘qituvchi uning yozganlarini o‘qib, yo‘nalish berib, xatolarini ko‘rsatib turishi lozim.

    Yuqori ball olish uchun nima qilish kerak?

    Birinchi navbatda odam o‘ziga yuqori ball nima uchun kerakligini bilishi lozim. Ko‘pchilik oldimga kelib, “men IELTS’dan 8- 8.5 ball olishim kerak” deydi. Sababini so‘rasangiz “bilmadim, olishim kerak-da” deb javob beradi. Aminmanki, o‘quvchi nimaga IELTS topshirishini bilmasa, hech qachon yuqori ball ololmaydi. Yoki olishi juda qiyin bo‘ladi. Shuning uchun boshidanoq, maqsadni aniq qilib, ishtiyoq bilan harakat qilishi lozim.

    IELTS’da 80/20 qoidasi bor. Ya’ni o‘qituvchining bunda hissasi 20 foiz. 80 foizi o‘quvchini o‘zidan bo‘lishi kerak. Masalan, bola kursga kelib, bu yerda haftasiga 3 kun 2 soatdan 6 soatgina o‘qituvchi bilan vaqtini o‘tkazadi xolos. Mustaqil o‘z ustida ishlamasa, 5-6 soat sidqidildan shug‘ullanmasa, mehnatiga yarasha ball olib chiqaveradi.

    Foto: Facebook/@Bekzod Mirahmedov

    Foto: Facebook/@Bekzod Mirahmedov

    Odam o‘ziga javob berishi kerak, boshqalarga emas

    Hozirda 2-3 oy ichida IELTS’dan yuqori ball olishni “kafolat”laydigan turli xil reklama va e’lonlarga duch kelish mumkin. Ko‘p yillardan buyon shu sohada ishlab kelayotgan inson sifatida aytishim mumkinki, bularni hamma- hammasi yolg‘on.

    Menga ham kelib ko‘pincha, kafolat berasizmi, deb so‘rashadi. Har doim faqat o‘z bilimimga, imtihonda nechchi ball ola olishimga kafolat beraman boshqalarga emas deyman. Javobimni eshitib, ketib qolganlar ham ko‘p bo‘lgan. Chunki odam avvalo, o‘ziga javob berishi kerak, o‘quvchiga emas. Sababi sizga bog‘liq bo‘lmagan bir qancha omillar bor. Masalan, psixologik. Imtihonda bola ba’zida hayajonlanib, bilgan narsasini ham chiqarib berolmasligi, to‘g‘ri ishlay olmasligi mumkin.

    Foto: Facebook/@Bekzod Mirahmedov

    Foto: Facebook/@Bekzod Mirahmedov

    IELTS topshirishdagi xatolar haqida

    Birinchi navbatda aytishim kerakki, hech kim boshqalarning gapiga ishonib qolmasligi kerak. Hattoki, imtihonda sen mana shuncha ball olasan, deb aytishga o‘qituvchini ham haqqi yo‘q. To‘g‘ri, ko‘p ustozlar bolani ruhlantirish uchun ham shunday deyishadi. Ammo adashayotgan bo‘lsachi? Kimdir, sen IELTS’dan 7—7.5 ball olasan, deydi, lekin bola kirib 6.5 ball olib chiqyapti. Balki, rostdan ham bu uning bahosidir. Aytmoqchi bo‘lganim, noto‘g‘ri tasavvurga aldanmasligi lozim.

    Ikkinchi sabab bolaning psixologiyasi. Ayrimlar ko‘pchilikni orasida yoki Amerikacha talaffuzda chiroyli gapirib turgan bolalarni ko‘rganda, men bunaqa tayyorgarlik ko‘rmadimku, deb tushkunlikka tushib qolishi mumkin. Biroq hozirda talaffuz unchalik ham ahamiyatga ega emas. Hech qachon unutmaslik kerakki, IELTS biz bilgan imtihon emas. Ya’ni birovning bilimi nisbiylik bilan baholanmaydi. O‘rin chegaralanmagan. Shuning uchun topshiruvchi o‘zini boshqalar bilan taqqoslamasdan iloji boricha ruhni ko‘taradigan qo‘shiqlar tinglab, atrofdagilarga e’tibor bermasligi lozim.

    Bundan tashqari, imtihonda ham hayajonlanib, masalan tinglash (listening) paytida biror javobni e’tibordan chetda qoldiradi. O‘sha savolga siqilib, ketma-ket javoblarni ham o‘tkazib yuboradi. Yana o‘qishda (reading) vaqtini tejash kerak. Masalan, 3 ta topshiriq bo‘lsa, har  bir savol uchun 20 daqiqa vaqt sarflashi lozim, lekin bola birinchi savolga ko‘p o‘ylanib, qolgan mashqlarga kamroq vaqt qoldiradi.  Keyin shundan ham asabiylashib, kuchi yetgan misolini ham ishlay olmasligi mumkin. O‘quvchi nafaqat psixologik tarafdan o‘ziga ishonishi balki imtihongacha vaqtni to‘g‘ri taqsimlashni ham o‘rgangan bo‘lishi kerak.

    Foto: Facebook/@Bekzod Mirahmedov

    Foto: Facebook/@Bekzod Mirahmedov

    Feyk IELTS sertifikatlar haqida

    Feyk IELTS sertifikatlar oxirgi paytda biz uchun eng og‘riqli mavzuga aylanyapti. Ayrim firibgarlar fotoshopda sertifikatlar yasab, istagan ballarini qo‘yib olishyapti. To‘g‘ri, ular bundan o‘qishga kirishga foydalana olmaydi. Devorga osib qo‘yadi-da dars o‘tadi. Unga ishonib, darsida o‘tirib bolani vaqti ketadi. O‘qituvchi sifatida bolalarga noto‘g‘ri xulosalar berayotgani meni tashvishga soladi.

    Bir kuni darsimga feyk sertifikatli o‘qituvchini qo‘lida tayyorlangan o‘quvchi qiz keldi. Ko‘p vaqt tayyorlangani uchun bilimim zo‘r deb hisoblar edi lekin men unga asl bahosini aytganimda, u shuncha payt men nimani o‘rgandim deb tushkunlikka tushib qoldi.  Ochiqroq aytadigan bo‘lsam, o‘qituvchini IELTS’dan 4 ballik sertifikati bo‘lgan. Uni 8ga aylantirgan keyin shu bilan dars o‘tib yurgan. Lekin hech kim shubhalanib tekshirmagandan keyin oxiri o‘ziga 9 balli sertifikat yasab olgan. Siz buni qayerdan bildingiz deyishingiz mumkin. Menda IELTS sertifikatini haqiqiy yoki soxtaligini tekshira olish imkoni bor. Shundan foydalanib, sertifikatni kodi orqali uni haqiqiy yoki feykligini aniqlayman.

    Olx.uz saytiga kirib, IELTS o‘qituvchilari deb qidirsangiz kamida yarmi shunaqa feyk sertifikatli odamlar chiqadi. Eng yomoni, bunday qing‘ir ishga qarshi O‘zbekistonda hech qanday yuridik hujjat yo‘q. British Council bilan ham gaplashganimda ham ular chora ko‘rolmaymiz deyishgan.

    Foto: Facebook/@Bekzod Mirahmedov

    Foto: Facebook/@Bekzod Mirahmedov

    Eng qizig‘i, 2006-yilda birinchi marta IELTS imtihonini topshirganimda o‘rtacha ball 5.5 foiz edi. Hozirga kelib, 5.6 foiz bo‘ldi. Hech narsa o‘zgargani yo‘q. 0.1 foizga oshdi xolos. Qayoqqa ketyapti shuncha 8—8.5 balli sertifikatlar? Demoqchimanki, ko‘pi yasalgan. O‘zbekiston ingliz tili o‘rganish bo‘yicha Qozog‘istondan ham past o‘rinlarda turadi. Sababi shunday noto‘g‘ri bilim berilayotganligi, quruq va’dalarga yoshlar “ha, buni qilsam IELTS’dan 7 ball olarkanman” deb o‘ylayotgani. Qisqa qilib aytganda, feyk sertikatlarni deb ingliz tili darajamiz tushib boryapti. O‘zbekistonda buni cheklash bo‘yicha qonuniy hujjat ishlab chiqilsa, IELTS topshirayotganlar, ularning ota-onalari, umuman barchamiz uchun eng maqbul ish bo‘lar edi.

    IELTS’ni sotib olish mumkinmi?

    Ko‘pincha 2—3 ming dollarga IELTS’ni sotib olsa bo‘larkan degan mish-mishlarni eshitib qolamiz. Bilishimcha, Facebook orqali arab yoki hindlar biz British Council’da ishlaymiz, imtihonda yordam beramiz, degan takliflar bilan chiqishadi. Balki shular har xil gaplarga sabab bo‘layotgandir.

    Shaxsan foydalanmaganim uchun bu qanchalik rost, qanchalik haqiqiy sertifikat qilib bera oladi, bilmayman. Menimcha, yasab berilgan taqdirda ham buni o‘sha feyk sertifikatlardan farqi yo‘q. Ertaga Cambridge official bazadan tekshirilganda, bu sertifikat chiqmasa kerak.

    Ikkinchi tarafdan, mayli pulga o‘sha sertifikatni oldi ham deylik, lekin keyin nima bo‘ladi? Aslida IELTS’ni olishdan maqsad biror joyda o‘qish yoki ishlash emasmi? Mayli, o‘sha sertifikat bilan niyatiga yetdi ham deylik, keyin amalda isbotlay olmasa nima bo‘ladi? O‘z-o‘zini, birovlarni aldash nimaga kerak?

    Foto: Facebook/@Bekzod Mirahmedov

    Foto: Facebook/@Bekzod Mirahmedov

    Lekin ancha oldin bunday holat TOEFL (Test of  English as a Foreign Language) testi bilan kuzatilgan. Amerika  universitetlarining birida Xitoydan TOEFL’i yuzdan yuqori ko‘p talabalar kelib, lekin hech biri ingliz tilida gapirolmagan. Keyin universitet TOEFL’ga ariza tashlagan. Ular tekshirishganida o‘sha yerdagi markazda shunaqa qing‘ir ish bo‘lgan. Berilgan barcha sertifkatlar birdaniga bekor qilingan.

    Aytmoqchi bo‘lganim, O‘zbekistonda IELTS imtihonini o‘tkazish huquqiga ega bo‘lgan ikkita tashkilot bor. British Council va IDP (International development program) markazlar pul deb o‘z obro‘siga putur yetkazmaydi.

    28.04.2019, 11:00   Izoh (0)   95106
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Yaponlar dangasa talabalarni yoqtirmaydi. Kunchiqar mamlakatga o‘qishga borib, hozirda yaponlarga dars berayotgan o‘zbekistonlik yigit hikoyasi

    23.04.2019, 10:22

    Abituriyentlarni plastik karta ko‘rinishidagi mobil qurilmalar bilan ta’minlamoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi

    08.08.2017, 14:48

    Jizzax politexnika institutida arxitektura va qurilish fakulteti ochildi

    23.06.2017, 18:23

    Abituriyent—2017: Ona tili va adabiyot fanidan testlar

    23.06.2017, 17:44

    Qo‘shimcha kontrakt narxlari tasdiqlandi. Uning qiymati oddiy kontraktning 10 barobaridan ham oshishi mumkin

    22.06.2017, 17:13

    Abituriyentlar uchun “Daryo”dan maxsus: Ona tili va adabiyot fanidan murakkab testlar

    22.06.2017, 16:31
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Suriyada Bashar Asadning amakivachchasi qo‘lga olindi

    Dunyo | 22 iyun, 17:31

    Husiylar AQSHning Eronga hujumi sabab urushga qo‘shilganini e’lon qildi

    Dunyo | 22 iyun, 16:55

    Eron yadroviy obyektlariga zarba: yetakchilar qanday fikrda?

    Dunyo | 22 iyun, 16:24

    Xosep Gvardiola: “Ayrim futbolchilar ketadi”

    Sport | 22 iyun, 15:25

    Isroil va Erondagi o‘zbekistonliklardan imkon qadar xavfsiz hududlarga chiqib ketish so‘raldi

    O‘zbekiston | 22 iyun, 15:09

    Misrdan O‘zbekistonga gepatit C ga qarshi dori vositalari to‘rtinchi partiyasi yetkazildi

    O‘zbekiston | 22 iyun, 13:40

    Eron yadroviy obyektlari AQSH hujumidan oldin evakuatsiya qilingan — OAV

    Dunyo | 22 iyun, 13:07

    Ukraina tez orada qurol eksportini yo‘lga qo‘yadi

    Dunyo | 22 iyun, 12:54

    O‘zbekistonda hafta boshida 44 darajagacha issiq bo‘ladi

    O‘zbekiston | 22 iyun, 12:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.