• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +19°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Raqobat qo‘mitasi “jonlandi”: kutilmalar qanday?

    Iyul oyida Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi faolligi sezilarli oshdi. Qo‘mita raqobat bo‘yicha qonunchilikni buzgan subyektlarga nisbatan ish qo‘zg‘atilgani haqida berayotgan bayonotlar jamoatchilik eʼtiboriga tushmoqda. Bunday “jonlanish”ga nimalar turtki bo‘ldi?

    Foto: “Daryo”

    Yangi rahbardan umidlar kattami?

    Joriy yil 21-iyun kuni 7 oy davomida rahbarsiz ishlab kelayotgan Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasiga Xalilillo To‘raxo‘jayev rais etib saylandi. Bunga ayrim jamoatchilik faollari iliq fikrlar va umidlar bildirdi. Huquqshunos Saidali Muxtoraliyev yangi rahbar reformator ekaniga urg‘u berdi.

    Xalilillo To‘raxo‘jayev
    Foto: Senat

    “Xalilillo akaning Oliy sud raisi o‘rinbosari sifatida o‘zining adolati va qatʼiyati bilan mehnat huquqi sohasiga qo‘shgan alohida hissasini doimo qadrlaymiz. To‘raxo‘jayev fuqarolik sudlov tizimi rivoji uchun juda katta ishlar qildi, uning davrida mehnat huquqi sohasida ham eng yorqin va adolatli ishlar ko‘rildi”, deya fikr bildirdi mutaxassis.

    Yilning eng faol va halol davlat tashkiloti nomiga kim munosibligi aniq. Raqobat qo‘mitasining yangi raisi bir oy ichida tashkilotning butun faoliyati davomida qilinmagan ishlarni amalga oshirdi, deb yozadi Telegram’dagi “Fayzbog‘” kanali.

    Iqtisodchi Otabek Bakirov esa qo‘mitaga yangi rahbar saylangani o‘zbekistonliklar uchun yaxshi, monopolistlar uchun yomon xabarligini yozdi.

    Yangi rahbar To‘raxo‘jayevga avvalgi rahbarlar kabi yengil bo‘lmaydi. Chunki har qanday yuqori eshiklarni tepib kirishga o‘rganib qolgan oligarx va monopolistlar mavjud qonunlarni mensimay, byurokratiya bilan oson til topishadi, oson kelishadi va oson sotib oladi. Bu buzuq tizimni parchalab tashlashga ko‘p kuch va resurslarni yo‘naltirish kerak, deya qayd etgan iqtisodchi.

    Qo‘mita raisi bo‘lishidan oldin Xalilillo To‘raxo‘jayev Oliy sud raisi o‘rinbosari sifatida ishlagan. Shu bilan birga, Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi direktori, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi raisi lavozimlarida ham faoliyat yuritgan.

    Qo‘mitaning avvalgi rahbari Shohrux Shoraxmetov 2023-noyabrda lavozimidan ozod etilgandi. Bunga yirik savdo tarmoqlarida mahalliy ishlab chiqaruvchilarga teng sharoit yaratilmagani, ulardan mahsulot pulini olishdagi muammolar, aholida mahsulot sifati va narx-navosi bo‘yicha shikoyatlar ko‘pligi Raqobat qo‘mitasi faoliyatidagi jiddiy kamchiliklardan dalolat ekani sabab sifatida keltirilgan. Oradan 7 oy o‘tib, qo‘mita faoliyatida jiddiy “jonlanish” ko‘zga tashlanmoqda.

    Ketma-ket bayonotlar

    Qo‘mita joriy yil iyul oyi boshidan beri jamoatchilik muhokamalariga sabab bo‘lgan bir necha masalalarda rasmiy bayonotlar bermoqda. Masalan, 4-iyul kuni Rossiyaning “Lukoil” kompaniyasi sho‘ba korxonasi bo‘lgan Lukoil Overseas Supply and Trading Ltd’ga nisbatan narx manipulyatsiyasi alomatlari bilan ish qo‘zg‘atilgani eʼlon qilindi. Bunga sabab sifatida korxonaning birja savdolarida texnik oltingugurt narxi manipulyatsiyasi alomatlari aniqlagani, buning ortidan mahsulot narxi o‘rtacha 10 foizdan 50 foizgacha ko‘tarilgani keltirilgan.

    Mana endi rosmana jiddiy: Raqobat qo‘mitasi “Lukoil” sho‘basiga nisbatan ish ochgan. Monopolistlarga qarshi kurash aynan shunday jiddiy protsesslarda testdan o‘tadi. Ustun mavqega ega kompaniyalar tomonidan propandan tortib mineral o‘g‘itlargacha, benzindan tortib dizelgacha taklifni qisish orqali narxlarni manipulyatsiya qilishi odatga aylangan. Chunki buning uchun qattiq jazo bo‘lmagan, jarimalar qo‘llanganida ham lo‘licha muolaja ko‘rinishida kulgili darajada bo‘lgan. Endi ochofatlar manipulyatsiyalar orqali o‘zlashtirganidan karrasiga ortiq jarima olishlari kerak. Ochofat monopoliyalarga qarshi kurashda jamoatchilikning qo‘llovi juda ham muhim, deb yozgan iqtisodchi Otabek Bakirov.

    Qo‘mitaning yana bir bayonoti ijtimoiy tarmoqlarda ko‘p muhokama qilingan va eʼtirozli masala — hisoblagichlarning elektr quvvatini ortiqcha hisoblayotgani yuzasidan berildi.

    Mazkur holatlarni joylarga chiqqan holatda o‘rganib, muammolarni manzilli hal etish choralarini ko‘rish maqsadida tezkor ishchi guruh tuzildi. O‘rganish davomida aniqlanadigan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha qonuniy choralar ko‘rilishi taʼminlanadi, deyiladi xabarda.

    Qo‘mita tomonidan joriy oy davomida ko‘plab masalalarda, xususan, Jizzax viloyati tuman hokimliklarining raqobatga zid qarorlari bekor qilingani, mineral o‘g‘itlar bozorida narxlarni asossiz oshirish holati bo‘yicha ish qo‘zg‘atilgani to‘g‘risida xabarlar berildi. Ijtimoiy tarmoqlar faollari temiryo‘l tizimida uchrayotgan muammo haqida (yo‘lovchi poyezd chiptalari aldab sotilgani va undagi xizmat sifatsizligidan norozilik bildirilgan) chiqish qilgach, qo‘mita holat yuzasidan o‘rganish ishlarini boshlab yubordi. Yirik bozor ishtirokchilaridan “Korzinka” supermarketlar tarmog‘i tomonidan buzilgan reklama qonunchiligi yuzasidan ham ish qo‘zg‘atilgani maʼlum qilindi. Qo‘mita 15-iyul kuni “Toshkent shahar suv taʼminoti”ga nisbatan ish qo‘zg‘atdi.

    Bayonotlar tanqidiy yig‘ilish mevasimi?

    Joriy yilning 29-iyun kuni Xalilillo To‘raxo‘jayev boshchiligida Raqobat qo‘mitasi yig‘ilishi o‘tkazilgan. Unda 2024-yil birinchi yarim yilligi davomida amalga oshirilgan ishlar va ularning natijalari tahlil qilingan.

    Foto: Raqobat qo‘mitasi
    Yig‘ilishda qo‘mita raisi tomonidan hududlarda raqobat siyosati va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish yo‘nalishida ishlar qoniqarsizligi aytildi, deyiladi tashkilot xabarida.
    Foto: Raqobat qo‘mitasi

    Qayd etilishicha, Xalilillo To‘raxo‘jayev davlat xaridlari, til biriktirishlar va kartel kelishuvlar, monopoliyaga qarshi tartibga solish, narxlarni nazorat qilish va boshqa yo‘nalishlarida ishlar samarali yo‘lga qo‘yilmaganini taʼkidlagan. Shu sabab barcha hududiy organ rahbarlari ishni tashkil etishda shaxsiy javobgarligi yuzasidan ogohlantirilgan va natija ko‘rsatish uchun ularga 3 oy muddat berilgan. 

    Foto: Raqobat qo‘mitasi

    Raqobat — JST shartlaridan

    O‘zbekiston 2026-yilgacha Jahon savdo tashkilotiga (JST) aʼzo bo‘lmoqchi. JSTga qo‘shilish o‘z-o‘zidan bo‘lmaydi, albatta. Avvalo, mamlakat iqtisodiyotida korxonalar uchun teng sharoit yaratilishi kerak. Bu esa raqobat muhiti yaxshilanishiga olib keladi. Rivojlangan davlatlar tajribasida ham raqobat iqtisodiy o‘sishning asosiy omillaridan bo‘lib kelgan.

    Joriy yilning may oyida Shveysariyaning Jeneva shahrida JSTning 8-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekistondan ishchi guruh vakillari tashkilotga aʼzolik bo‘yicha muzokaralar olib bordi. Muloqotda qatnashgan Raqobat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Farrux Qoraboyev ayrim rejalar haqida maʼlumot bergan.

    Farrux Qoraboyev
    Foto: Raqobat qo‘mitasi
    Qaysi korxonalarda monopol holatga olib keluvchi eksklyuziv huquqlari bo‘lsa, bekor qilishga majburmiz. Chunki biz teng sharoit yaratishimiz kerak. Bu yo‘nalishda, yaʼni raqobatni kuchaytirish uchun oxirgi 2–3 yilda 7 ta bozorda to‘liq eksklyuziv huquqlar bekor qilindi. Hozir yana 14 ta eksklyuziv huquqlarni bekor qilish bo‘yicha takliflar kiritildi. Yaʼni biz sekin-sekin ochiq bozor sharoitiga kirib boramiz va bunga moslashishimiz kerak. 2030-yilgacha belgilangan “Taraqqiyot strategiyasi” qabul qilingan. Unda monopoliya saqlanib qolayotgan 17 ta sohada monopoliyalardan voz kechish maqsadi qo‘yilgan. Ular juda katta sohalar — energetika, temir yo‘llar va boshqalar. Raqobatga hozirdan tayyorlanmasak, ertaga JSTga kirgandan keyin milliy ishlab chiqaruvchilar va yetkazib beruvchilar teng sharoitga moslasha olmasdan, raqobatda yutqazib qo‘yishi mumkin. Shuning uchun hozirdan ularni kuchli qilishimiz kerak, deya fikr bildirgan rais o‘rinbosari.

    O‘zbekistonda Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining ustuvor vazifalaridan biri — respublika bozorida raqobatni taʼminlash va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish hisoblanadi. Jamoatchilik tomonidan qo‘mita o‘z funksiyalarini qay darajada bajarmoqda, degan savol ko‘p beriladi. Chunki raqobat mamlakatning rivojlanish asoslaridan ekan, bunga masʼul tashkilotga savollar bo‘lishi tabiiy. Agar chindan ham qo‘mita oldiga qo‘yilgan vazifalar to‘liq bajarilsa, yaqin kelajakda mamlakatda iqtisodiyot subyektlariga teng sharoit yaratilishi, raqobat kuchayishi va pirovardida yanada yaxshiroq iqtisodiy o‘sishga erishilishi kutiladi.

    15.07.2024, 21:10   Izoh (0)   8293
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Raqobat qo‘mitasi “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi”ga nisbatan ish qo‘zg‘atdi 

    12.07.2024, 17:07

    Raqobat qo‘mitasi Korzinka supermarketlar tarmog‘iga nisbatan ish qo‘zg‘atdi 

    15.07.2024, 11:18

    Raqobat qo‘mitasi “Toshkent shahar suv ta’minoti”ga nisbatan ish qo‘zg‘atdi

    15.07.2024, 17:20

    Farg‘onada Qirg‘izistondan yillik 6 mln tonna qirg‘iz ko‘miri yetkazib berish loyihasi amalga oshiriladi

    15.07.2024, 20:30

    Qoraqalpog‘istonda “Qaratau” nomi ostida alkogol mahsulotlari ishlab chiqarayotgan yashirin sex fosh etildi

    15.07.2024, 20:20

    Xitoy avtomobilsozligi tarixiga bir nazar: bugungi Zeekr brendi yaralishi uchun sanoat qaysi yo‘llarni bosib o‘tdi?

    15.07.2024, 20:20
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Anchelotti “Real” boshqaruvini qachon tark etishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 9 may, 23:38

    Superliga. “Dinamo” “Surxon”ni mag‘lub etib, turnir jadvalida kuchli uchlikka kirib oldi

    Sport | 9 may, 22:35

    AQSH byudjeti taqchilligi yil boshidan beri 196 mlrd dollarga ko‘paydi

    Dunyo | 9 may, 22:05

    Fransiyada ikki general hokimiyatni tanqid qilgani uchun ishdan olindi

    Dunyo | 9 may, 21:35

    “Liverpul” “Real”ning qaroridan norozi bo‘ldi

    Sport | 9 may, 21:12

    NATO Kiyevga tinchlik shartnomasining bir qismi sifatida a’zolikni va’da qilmaganini bildirdi

    Dunyo | 9 may, 20:35

    Superliga. Vodiy derbisida “Neftchi” ustun keldi

    Sport | 9 may, 20:21
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.