AQSH prezidenti Jo Bayden ma’muriyati Ukrainaga harbiy yordamning yangi transhi to‘g‘risidagi qonun loyihasini keyingi prezident lavozimiga kirishgunga qadar Kongress orqali qabul qila olmaydi, deb yozadi Financial Times.
Ukraina bilan munosabatlarni “trampobarqaror” qilishning iloji yo‘q. Gap shundaki, agar Tramp saylovda g‘alaba qozonsa, u harbiy yordam oqimini nazorat qila oladi, deydi “Yangi Amerika xavfsizligi” tahlil markazining bosh direktori Richard Fonteyn.
Avvalgi Ukrainaga 60,64 milliard dollarlik yordam loyihasini tasdiqlash respublikachilarning qarshiligi tufayli Kongressda faqat aprel oyi oxirida kelishilgan edi. Bu vaqt ichida Ukraina qo‘shinlari snaryadlar taqchilligiga, katta yo‘qotishlarga va frontda muvaffaqiyatsizliklarga duch kelgan.
Oq uy respublikachilarning qarshiligini faqat uning yetakchilariga Ukraina so‘nggi snaryadlarni yo‘qotib, mag‘lub bo‘lish arafasida ekanligini yakka tartibda tushuntirish orqali sindirishga erishilgan edi.
Avvalroq Tramp Ukrainaga yordam hajmini Rossiya bilan olib borilgan muzokaralar natijalari bilan bog‘lashga va’da bergan edi. Sobiq prezident Kiyevga 60,64 milliard dollar ajratishni ma’qullagan respublikachilarga tanbeh bergan.
Izoh (0)