• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12705.79
    • RUB159.2
    • EUR14704.41
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston Iqtisodiyot

    AQSH kompaniyalari Toshkentda: O‘zbekiston—Amerika biznes forumi tashkil etildi

    Joriy yil 9-iyun kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston—Amerika biznes forumi o‘tkazildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.

    Foto: Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
    Foto: Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

    Biznes forum Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Amerika—O‘zbekiston Savdo palatasi hamkorligida tashkil etildi.

    Tadbirni ochib berish uchun so‘zga chiqqan bosh vazir birinchi o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev nega aynan O‘zbekistonga sarmoya kiritish kerakligi haqida gapirdi.

    Jamshid Xo‘jayev
    Jamshid Xo‘jayev
    Foto: Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
    “Birinchidan, bizda investorlar huquqlari qonun bilan kafolatlangan. Yangi biznes subyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish soddalashtirilgan. Yer maydonlari onlayn-auksion orqali taqdim etiladi. O‘zbekiston iqtisodiyoti so‘nggi yillarda deyarli ikki baravar o‘sdi. O‘tgan yilda o‘sish surʼati 6,5 foiz bo‘ldi. Olti milliard dollardan ortiq to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar jalb qilindi”, dedi hukumat rasmiysi.

    Bosh vazir o‘rinbosariga ko‘ra, barqaror iqtisodiy o‘sish taʼminlanayotgani, malakali va yosh ishchi kuchi mavjudligi, mamlakat tabiiy resurslarga boyligi ham investitsiya uchun muhim omillar hisoblanadi.

    Forumda O‘zbekiston tomonidan Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov, Senat raisi birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev ham ishtirok etdi.

    Sodiq Safoyev
    Sodiq Safoyev
    Foto: Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
    “Bir necha yil oldin Amerika—O‘zbekiston Savdo palatasi tashkil etilgan edi. O‘shanda biz Vashingtonda bor-yo‘g‘i 13 ta AQSH kompaniyasini yig‘a bilganmiz. Bugun mana 80 dan ortiq Amerika kompaniyalari O‘zbekistonga keldi. Ular mamlakat salohiyatini ko‘rsatib bermoqda. Bir necha hujjatlarga qo‘l qo‘yildi. Jumladan, informatsion texnologiyalar, tog‘-metallurgiya, farmatsevtika, energetika va taʼlim sohalaridagi loyihalar amalga oshiriladi”, deydi Sodiq Safoyev.
    Foto: Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
    Foto: Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

    2024-yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston bilan AQSH o‘rtasidagi savdo aylanmasi 15 foizga o‘sib, 881,7 million dollarga yetgan. Amerikadan jalb etilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar hajmi 612,6 million dollarni tashkil etgan.

    Bugungi kunda O‘zbekistonda AQSH kapitali ishtirokidagi 314 ta korxona faoliyat yuritmoqda. Shundan 167 tasi to‘liq AQSHga tegishli kompaniyalar hisoblanadi.

    Foto: Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
    Foto: Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

    Tadbirda ikki davlat ishbilarmonlar va davlat sektori vakillaridan iborat 150 dan ortiq ishtirokchi qatnashdi. Ular orasida ishlab chiqarish, raqamlashtirish, qishloq xo‘jaligi, energetika, moliya va sog‘liqni saqlash sohalarida faoliyat yurituvchi yetakchi amerika kompaniyalari ham bor. Boeing, Visa, Coca-Cola, Medtronic, John Deere, CNH, Morgan Stanley, NASDAQ, Abbott shular jumlasidan. 

    10 iyun, 15:30   Izoh (0)   810
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Oʻzbekiston-Amerika#AQSH#investitsiya#Jamshid Xoʻjayev#Sodiq Safoyev#Laziz Qudratov

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Daniyel Rozenblum: Oʻzbekiston kim bilan qanday hamkorlik qilishni erkin tanlay olishi AQSh manfaatlari uchun xizmat qiladi

    25.08.2018, 15:12

    “O‘zbekistonda demokratiya bilan bog‘liq tajriba deyarli yo‘q” — Navbahor Imomova

    03.02.2023, 12:53

    “Muhojirlik boshingizga tushmas ekan, Vatan nimaligini bilolmaysiz” — Navbahor Imomova Amerikadagi diasporalar haqida gapirdi 

    03.02.2023, 15:37

    “Vashingtondagi mahallamda “svet” yilda bir martagina oʻchsa ham darrov muhokama boʻladi” — Navbahor Imomova

    03.02.2023, 17:03

    “Amerikadagi oʻzbekistonliklarda ham topilgan pulni keraksiz narsaga ayamay sarflash odati bor” — Navbahor Imomova toʻy qilish madaniyati haqida gapirdi

    03.02.2023, 18:50
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    “Hokim uyingni ekskavator bilan buzib tashlayman deb po‘pisa qilyapti”, — Samarqandda uyi “snos”ga tushganlarga kompensatsiya to‘lab berilmadi

    11 iyun, 20:50

    Kuchga to‘layotgan yangi qudrat. Xitoy qaysi qurollari bilan dunyo eʼtiborini tortdi?

    11 iyun, 20:00

    Vahshiylikning eng yuqori cho‘qqisi — Isroil askarlari falastinlik 6 yoshli qizcha va uning qarindoshlarini qanday o‘ldirgan edi?

    10 iyun, 19:40

    Sevgi yoxud KGB maxsus operatsiyasi — grek milliarderiga uylangan sovet xizmatchisi

    7 iyun, 16:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Isroil Eronga havodan hujum qildi (foto, video)

    Dunyo | 13 iyun, 08:23

    Stomatolog ogohlantirdi: tish muammolari ortiqcha vaznni keltirib chiqaradi

    Layfstayl | 12 iyun, 23:50

    Bo‘stonliqda yarim tunda do‘konga o‘g‘irlikka tushgan shaxs ushlandi

    O‘zbekiston | 12 iyun, 23:35

    Keti Perri va Orlando Blum 6 yillik munosabatlaridan so‘ng ajralishga qaror qilishdi

    Layfstayl | 12 iyun, 23:31
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.