• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12502.99
    • RUB155.94
    • EUR14484.71
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Muhojirlik boshingizga tushmas ekan, Vatan nimaligini bilolmaysiz” — Navbahor Imomova Amerikadagi diasporalar haqida gapirdi

    “Daryo” internet-nashri Toshkent shahri hokimligi qoshidagi Jamoatchilik kengashi bilan birgalikda “Mahalla. Muammo. Mulohaza” loyihasini taqdim etib kelmoqda. Loyihaning 17-soni mavzusi “Amerikada Oʻzbekiston ovozi” bo‘lib, dastur mehmoni sifatida “Amerika ovozi” jurnalisti Navbahor Imomova taklif etildi.

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    — Hozir Nyu-Yorkda “Mahalla USA” degan nohukumat tashkilot bor. U vatandoshlarning yillar davomida orttirgan immigrant sifatidagi tajribasiga asoslangan muassasa hisoblanadi. Uning qoshida hatto oʻzbek tilini oʻrgatadigan maktablar, toʻgaraklar bor. U ham madaniyat, ham biznes markazi, oʻzbekistonliklarni nima qiynasa, vatandoshlar yigʻilib oʻsha masalalarni muhokama qiladigan bir makon sanaladi. Ular ham asta-sekinlik bilan oʻz yoʻlini topishga harakat qilyapti. Chunki bir-biridan murakkab shaxslarni, yaʼni vatandoshlarni birlashtirish oson emas. Har bir vatandosh bu tashkilotda oʻzicha biror nimani koʻradi, taklif-mulohazalarini olib keladi.

    Bilaman, Oʻzbekistonda “vatandosh” degan soʻzni “fuqaro” soʻzi bilan sinonim sifatida koʻrishadi. Lekin vatandosh degan kalimaning asosida chet elga chiqqandan keyingi hayot turadi. Siz immigrantga aylanmas ekansiz, Vatan nima ekanligini bilmaysiz. Chunki tashqariga chiqmaguningizcha sizdan hech kim: “Sen kimsan? Qayerdansan? Qay jamiyatning farzandisan? Dining nima?” — deb soʻramaydi. Mana shu savollarga javob berishni oʻrgangan odam — vatandosh. Oʻziga oʻxshagan vatandoshlarni bir davraga toʻplab, oʻzaro manfaatlar uchun kurashishni, harakat qilishni yoʻlga qoʻygan odamlar — vatandoshlar guruhi. Bu hamma uchun murakkab kechgan, aslida.

    Oʻzbekistonda, masalan, 20 yil oldin vatandoshlar maishiy, oʻta shaxsiy masalalarni hal qilish bilan band, asosiy eʼtibori tirikchilikda edi. “Amerikaga keldim, oilamga yordam berishim kerak, ildiz otishim, farzandlarimni katta qilishim va albatta, hujjatli ishlarni hal qilib Amerikada doimiy yashash va ishlash huquqiga ega boʻlishim kerak”, deb oʻylashgan. Shu yoʻsinda, asta-sekinlik bilan qator tashkilotlarga asos solindi, lekin koʻpini eplay olishmadi. Chunki tajriba yetishmadi, birlashish, bir yoqadan bosh chiqarish qiyin, hamma oʻz tomoniga tortdi va mana hozir Nyu-York, Nyu-Jersi shtatlarini birlashtiruvchi shunday tashkilot (“Mahalla USA” nazarda tutilyapti — tahr.) bor. 

    Bundan tashqari, Amerika–Turkiston assotsiatsiyasi degan qadim bir tashkilot bor. Uning tarixi 1950-yillarga borib taqaladi va bu tashkilotga asos solganlar uchun Oʻzbekistonni mustaqil davlat sifatida koʻrish muhim boʻlgan. Ular qaysidir darajada missiyani bajarib boʻlishdi, ularning avlodlari hozir tub maʼnoda amerikaliklar. Endi shu keksa avlodning oʻrnini boshqalar egallab missiyani yangilamasa, tashkilotning kelajagi ham soʻroq ostida qoladi. Lekin “Mahalla USA” — grin-kard lotoreyasini yutib, Amerikaga borib joylashib, oʻtgan 15–20 yilda oyoqqa turgan oʻzbekistonliklarning tashkiloti. Mahalla degan tushuncha ularda ham bor va ular astalik bilan madaniy toʻdalardan siyosiy manfaatlar uchun ham kurasha oladigan organlarga aylanmoqda. Ana shundagina diaspora boʻla olish mumkin. 

    Men diaspora degan soʻzni, ayniqsa, oʻzbekistonliklar, umuman, markaziy osiyoliklarga nisbatan juda ehtiyotkorlik bilan qoʻllayman. Chunki Amerikada yashovchi markaziy osiyolik immigrantlar orasidagi dinamikani oʻrgansangiz, u hamon juda madaniy, yaʼni odamlarni faqat madaniyat birlashtirib turibdi. Lekin siz birlashib siyosiy maqsadlar yoʻlida ishlay boshlasangiz, diasporaga aylanasiz. Masalan, Amerikada yahudiy, ukrain, Boltiqboʻyi davlatlari diasporasi, ozarbayjon, arman diasporalari bor. Ular shtatlarning parlamentlari, qonunchilik organlari va Kongress bilan oʻz siyosiy maqsadlarini amalga oshirish yoʻlida ishlaydi, targʻibot olib boradi. Vashingtonda yoki shtatlarning markazida ushbu diasporalarning vakillari bor. Ular aytishadi, biz Armaniston bilan siyosatda mana bunday omillarga urgʻu berishni xohlaymiz, biz Ozarbayjon bilan munosabatlarda mana bu jihatlarga eʼtibor berishni istaymiz, deb. Hatto ishchilar kim tayinlanishiga ham ular xoʻjayinlik qilishga harakat qilishadi. Mana bu — diaspora. 

    Oʻzbekistonliklarda hali tom maʼnoda diaspora emas, intilish bor. Yaʼni oʻzbekistonlik muhojirlar Oʻzbekiston–Amerika aloqalari serqirra boʻlishidan, biznes aloqalari, ilm-fan, madaniy, siyosiy hamkorlik ham toʻgʻri yoʻldan ketishidan manfaatdor. Buni ijobiy tomonga harakat, progress desa boʻladi, umuman olganda, ishlar yomon emas, — deydi “Amerika ovozi” jurnalisti.

    Ko‘rsatuvni to‘liq tarzda “Daryo”ning YouTube’dagi sahifasi orqali tomosha qilish mumkin.

    03.02.2023, 15:37   Izoh (0)   4843
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda tadbirkorlar himoyasi yanada kuchaytiriladi 

    03.02.2023, 14:25

    Shavkat Mirziyoyev Namanganda yiliga 1 million dona kostyum-shim ishlab chiqaruvchi korxona faoliyati bilan tanishdi

    03.02.2023, 14:16

    Toshkentdagi gaz zapravkalar faoliyati qayta tiklandi

    03.02.2023, 13:52

    Barcha toifadagi oʻqituvchilar oyligi besh yil ichida to‘rt baravar oshirildi — vazirlik

    03.02.2023, 13:45

    Baxtiyor Saidov va Ukraina elchisi ikki tomonlama hamkorlik masalalarini muhokama qildi

    03.02.2023, 13:34

    “Ming nafarga yaqin chin yetim talabalar davlat hisobidan oʻqitilmoqda” — Komiljon Karimov

    03.02.2023, 13:26
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam

     

    Tavsiya etamiz

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Sun’iy intellekt tahdid yoki moliyaviy rag‘batdan keyin batafsilroq javob berishi aniqlandi

    Dunyo | 7 avgust, 00:15

    Iyunda O‘zbekiston dunyo bo‘yicha eng ko‘p oltin xarid qildi

    O‘zbekiston | 6 avgust, 23:59

    Efiopiyada birinchi marta odam savdogarlari o‘lim jazosiga hukm qilindi

    Dunyo | 6 avgust, 23:55

    Superliga. 6 ta gol kiritilgan bahsda “Dinamo” kambek amalga oshirib, “Mash’al”ni mag‘lub etdi

    Sport | 6 avgust, 23:51

    Xitoyda komadagi qiz universitetga qabul qilinganligi haqidagi xabarni eshitgach, o‘ziga keldi

    Dunyo | 6 avgust, 23:41

    Zelenskiy Tramp bilan tinchlik istiqbollarini muhokama qildi

    Dunyo | 6 avgust, 23:27

    Isroil bosh vaziri G‘azo sektoridagi operatsiya tufayli Bosh shtab rahbari bilan kelishmovchilikka bordi

    Dunyo | 6 avgust, 23:20

    Dunyo bo‘ylab plyajlar yo‘qolib ketish xavfi ostida — FT

    Dunyo | 6 avgust, 23:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.