Kapitalbank O‘zbekiston yoshlari salohiyatini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirishga qaratilgan strategik yo‘nalishini izchil davom ettirmoqda. Bank faoliyatidagi ustuvor yo‘nalishlardan biri – ta’lim, sport va kasbiy o‘sish sohalaridagi loyihalar orqali yoshlarning imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish uchun sharoit yaratishdir.
2025-yil may oyida Kapitalbank BMTning UNFPA va UN Women jamg‘armalari ko‘magida Vestminster universitetida bo‘lib o‘tgan Tashkent International Model United Nations (TIMUN) xalqaro yoshlar konferensiyasining homiysi sifatida ishtirok etdi. TIMUN – Markaziy Osiyodagi eng yirik yoshlar diplomatiyasi maydonchasi bo‘lib, unda ishtirokchilar yetakchilik ko‘nikmalarini rivojlantiradilar, global muammolarni muhokama qilib, xalqaro muloqot olib boradilar. Bankning HR xodimlari tadbirda faol qatnashib, “Be a banker” amaliyot dasturi taqdimotini o‘tkazdi, ishtirok etish uchun arizalarni qabul qildi hamda Kapital Academy orqali madaniy intellekt (CQ) va neyrotarmoqlardan foydalanish bo‘yicha treninglar tashkil etdi.
Shuningdek, iyun oyida Kapitalbank O‘zbekiston va Qatar terma jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan FIFA saralash bosqichidagi o‘yin translyatsiyasining bosh hamkori va hamtashkilotchisi sifatida ishtirok etdi. “Uzbekistan – Land of Talents” yoshlar harakati doirasida bank poytaxt aholisi va mehmonlariga nafaqat futbol bayramini, balki mashhur estrada yulduzlari ishtirokidagi konsertni ham taqdim etdi. Bank bunday tashabbuslarda ishtirok etishni O‘zbekiston yosh iqtidor egalari salohiyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ijtimoiy va kadrlar siyosatining ajralmas qismi deb hisoblaydi.
Bugungi kunda Kapitalbank O‘zbekistondagi eng yirik ish beruvchilardan biri bo‘lib, xalqaro Top Employer sertifikatiga ega bo‘lgan birinchi milliy kompaniya hisoblanadi. So‘nggi ikki yil davomida bank tomonidan 1 000 dan ortiq yangi ish o‘rni yaratilgan bo‘lib, ularning katta qismi aynan yosh mutaxassislar uchun mo‘ljallangan. Bank kadrlar zaxirasini shakllantirish, xodimlarni o‘qitish va ilg‘or HR-amaliyotlarni joriy etishga alohida e’tibor qaratmoqda.
“Kapitalbank faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri – yurtimizning iqtidorli yoshlarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirishdir. Biz ijtimoiy loyihalarda faol ishtirok etamiz, ta’lim tashabbuslarini qo‘llaymiz va havaskorlik hamda professional sport rivojiga hissa qo‘shamiz. Bunday tashabbuslar orqali biz mamlakatimiz kelajagini birgalikda bunyod etamiz”, deya ta’kidladi ATB “Kapitalbank” Kuzatuv kengashi raisi Abdusamadov Maksud Abduvaliyevich.
Kapitalbank’ning kadrlar siyosati yosh mutaxassislar bilan uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirish, barqaror kelajakni shakllantiruvchi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash va teng imkoniyatlar prinsiplarini ilgari surishga qaratilgan bo‘lib, bu bankning ESG-strategiyasining muhim qismi sanaladi. Bank yoshlar salohiyatini yuzaga chiqarishga xizmat qiluvchi loyihalarda faol ishtirok etishda davom etmoqda, bu esa O‘zbekistonning “talantlar yurti” sifatidagi maqomini mustahkamlab boradi.
Reklama huquqi asosida.
Izoh (0)