• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12591.57
    • RUB153.82
    • EUR14545.78
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Layfstayl Musiqa Shou-biznes

    “Dadam ko‘rmaganga olib yonimdan o‘tib ketardi”. Xonanda Zahida otasidan ayro o‘tgan bolaligi va farzand dog‘ini ko‘rgani haqida gapirdi

    Xonanda Zahida yaqinda “Ayol qalbi” ko‘rsatuvida mehmon bo‘lib, san’at yo‘li, shaxsiy hayoti va boshdan kechirgan sinovlari haqida samimiy so‘zlab berdi.

    Foto: Instagram
    Cover up loyihasiga qatnashganimga sakkiz yil bo‘ldi. Aslida, besh yoshimdan buyon san’at sohasidaman. Oilamizda san’atga aloqador hech kim bo‘lmagan — deyarli hammasi harbiy sohada faoliyat yuritgan, hattoki buvim ham, deydi xonanda.

    Shu bilan birga, Zahida onasining iste’dodli bo‘lgani, lekin bobosi ruxsat bermagani uchun san’at yo‘lidan bora olmagani haqida gapirdi.

    Onamda talant bor, ovozlari juda zo‘r. Yoshligida san’atkor bo‘lishni juda istagan ekanlar. Lekin bobom bu soha bilan shug‘ullanishlariga qarshi bo‘lgan. Meni esa kichkinaligimda bitta shokolad berib aldab, o‘qishga majbur qilgan. Endi rahmat aytaman: hozir shu tufayli san’at orqali non topyapman, deydi u. 

    Zahida Konservatoriyada o‘qib yurganida, yangi kelinlik paytida Cover up loyihasida ishtirok etgan.

    4-kurs edim, loyiha haqida o‘ylamaganman. Turmush o‘rtog‘imning shogirdlari mendan yashirincha ariza topshirib yuborgan ekan. Keyin esa qaynota-qaynonam: “Biz sizni televideniyeda ko‘rishni xohlaymiz”, deyishgan. Aslida turmush o‘rtog‘im san’atga boshida qarshi edi. Lekin loyiha orqali san’atga qiziqib qoldilar, deydi u.

    Foto: Instagram

    Zahidaning turmush o‘rtog‘i bilan tanishuvi ham ijod orqali bo‘lgan.

    Tanishimning to‘yga chiqadigan guruhi bor edi. “Qiz bola ovozi kerak”, deyishganda rozi bo‘ldim. Ovoz yozishga bordik, studiyada ishlovchi odam qovog‘i uyilgan, uyqusirab yotgan ekan. Shuning uchun yozuv ko‘ngildagidek bo‘lmadi. Keyinchalik yana o‘sha studiyaga bordik va oxiri do‘stlashib, aka-singil bo‘ldik. Keyin esa turmush qurdik. Turmush o‘rtog‘im bilan juda yaqinmiz, shu sababli ota uyimga borsam ham, bir kundan ko‘p turolmayman. Chunki biz bir-birimizga juda o‘rganib qolganmiz, uzoq vaqt bir-birimizdan uzoqda yurishga qiynalamiz, deydi Zahida.
    Foto:Instagram

    Xonanda shaxsiy hayoti haqida so‘zlab, oilaviy muammolarni ochiq muhokama qilish kerakligini ta’kidladi: Bir video ko‘rib, ta’sirlangandim. Ayol erini xiyonatda ushlaydi, lekin er: “Sen o‘zingga qaramaysan, faqat uni olib ber, buni olib ber deysan, mening xohishim bilan qiziqmaysan”, deydi. Aslida, bu muammo oldin gaplashib olinishi kerak edi. Shunda katta gunohlarga borilmasdi.

    Zahida asl ismi Dilso‘z ekani, nega taxallus ostida ijod qilishi haqida gapirdi:

    Dilso‘zning “Begim-ey” degan qo‘shig‘i chiqqanida hamma “sen aytganmisan” deb qo‘yishmagan. Uni asl ismi Go‘zal bo‘lgan, Dilso‘z taxallusi ostida ijod qiladigan ijodkor kuylagan. Keyin qo‘shiqning klipi chiqqach, “ha, sen emas ekansan” deyishgan. O‘z ismim bilan chiqishni xohlaganman, lekin hamma “Dilso‘z desang, adashib ketishadi” deyishgan, shu sabab Zahida taxallusini tanlaganmiz, deydi u.  

    Xonanda qaynota-qaynonasini san’atga juda shinavanda insonlar sifatida tasvirlaydi. Zahida aslida ular bilan birga yashashni istaganini, ammo, afsuski, hozirda alohida yashayotganini aytadi.

    Zahida onasining yolg‘iz o‘zi ularni tarbiyalaganini eslab, bolalikdagi og‘riqli xotiralari bilan bo‘lishdi:

    Onam meni o‘zlari katta qilganlar. Mendan keyin ukam bor.  Dadam boshqa ayol bilan ketganlar. Ba’zida maktabda o‘rtoqlarim bilan turganimda dadam tanimaganday yonimdan o‘tib ketardilar. Dugonalarim “qara, dadang o‘tyapti”, desa, “yo‘q, adashyapsizlar”, derdim. Hozir esa dadam qaytib kelganlar. Ular yaxshi odam — menga ham, ukamga ham hech qachon yomon so‘z aytmaganlar 

    Ijodkor hayotida chuqur iz qoldirgan eng og‘ir sinovlardan biri — farzandini yo‘qotgani bo‘lgan. 

    Dunyoga kelgan farzandimni yo‘qotganman. Ismini Xadicha qo‘ygan edik. Bir necha haftaligida vafot etdi. Men buni “ko‘z tegishi” deb aytolmayman — bu peshanamda bor ekan, deydi xonanda. 
    17 iyun, 14:12   Izoh (0)   2788
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Zahida#turmush#ijod#san’at#xonanda

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHda dunyodagi eng uzun chaqmoq qayd etildi

    Dunyo | 1 avgust, 00:10

    Avgustdan yo‘l harakati qoidabuzarligi uchun jarimalar oshirildi. Miqdorlar qanchaga yetdi?

    O‘zbekiston | 31 iyul, 23:51

    AQSHda rekord miqdordagi demokratlar Isroilga harbiy yordamni taqiqlash uchun ovoz berdi

    Dunyo | 31 iyul, 23:36

    G‘azodagi bolalar suratlaridan so‘ng Trampning Netanyaxuga nisbatan munosabati o‘zgardi — CNN

    Dunyo | 31 iyul, 23:02

    Sun’iy intellekt shifokorlar e’tiborsiz qoldirgan ko‘krak saratoni holatlarining 30 foizini aniqladi

    Dunyo | 31 iyul, 22:05

    AQSH yaqin uch yarim yil ichida Oyga qo‘nishni rejalashtirmoqda — NASA

    Dunyo | 31 iyul, 21:41
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.