• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12456.25
    • RUB158.36
    • EUR14461.71
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +39°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Iqtisodiyot

    Tashqi savdo: O‘zbekiston chet el bilan nimalarni ko‘proq oldi-sotdi qilmoqda?

    Statistika qo‘mitasi joriy yil yanvar-may oylaridagi O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi bo‘yicha maʼlumotlarni ochiqladi.

    Infografika: “Daryo” / Asadbek Berdiyorov
    Infografika: “Daryo” / Asadbek Berdiyorov

    Xitoy peshqadam

    Besh oy davomida O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 31,3 mlrd dollarga yetdi (2024-yil mos davridagidan 15 foiz ko‘p). Shundan eksport hajmi 14,8 mlrd dollar (yillik o‘sish 31,1 foiz), import 16,5 mlrd dollar (o‘sish 3,7 foiz). Tashqi savdo taqchilligi — 1,7 mlrd dollar.

    Respublika eksport va importida eng ko‘p ulush Xitoy (5,4 mlrd dollar) hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Keyingi ikki o‘rinni Rossiya (4,8 mlrd dollar) va Qozog‘iston (1,8 mlrd dollar) egallagan.

    Infografika: “Daryo” / Asadbek Berdiyorov
    Infografika: “Daryo” / Asadbek Berdiyorov

    Nimalar eksport qilindi?

    Yanvardan maygacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston Rossiyaga (1,6 mlrd dollar) eng ko‘p eksportni amalga oshirgan. Shu bilan birga, mamlakatdan Xitoy (755 mln dollar), Qozog‘iston (518,8 mln dollar) va Afg‘oniston (515,9 mln dollar) nisbatan ko‘proq tovar va xizmatlar sotib olgan.

    Respublikada eksport tushumlarining qariyb 6,6 mlrd dollari yoki 43,8 foizi oltin sotuvidan kelgan. Mazkur qiymat o‘tgan yil mos davriga nisbatan 56,9 foizga ko‘p.

    Eksport tushumlarining keyingi yirik ulushi xizmatlardan kelgan — 3,24 mlrd dollar (yillik o‘sish 21,9 foiz). Keyin xorijga 1,5 mlrd dollarlik sanoat tovarlari, 925,8 mln dollarlik oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar ham sotilgan.

    Infografika: “Daryo” / Asadbek Berdiyorov
    Infografika: “Daryo” / Asadbek Berdiyorov

    Xizmatlar eksportining asosiy ulushi turizm (50,2 foiz) va transport (35,2 foiz) xizmatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

    Oziq-ovqat mahsulotlari tarkibida sabzavotlar va mevalar ulushi yuqori bo‘lgan — 619,6 mln dollar.

    Mamlakat besh oyda 288 mln dollarlik tabiiy gaz eksport qilgan (yillik o‘sish 62,7 foiz). O‘z navbatida chet elga 212,4 mln dollarlik neft va neft mahsulotlari (pasayish 6,2 foiz), 95,6 mln dollarlik elektr toki (o‘sish 72,6 foiz) sotilgan.

    Hisobot davrida 1,05 mlrd dollarlik to‘qimachilik mahsulotlari eksport qilingan. Bu o‘tgan yil mos davridagiga nisbatan 18 foizga kam. Shuningdek, xorijga avtomobillar sotuvi ham (101,9 mln dollar) 26,9 foizga kamaygan.

    Mashina va “zapchast”lar importi yuqori

    Yanvar-may oylarida O‘zbekiston eng ko‘p importni Xitoydan (4,64 mlrd dollarlik) amalga oshirdi. Mamlakat Rossiya (3,2 mlrd dollar) va Qozog‘istondan (1,3 mlrd dollar) ham nisbatan katta ulushda tovar va xizmatlar sotib olgan.

    Import tarkibida eng ko‘p ulush mashinalar va transport asbob-uskunalari hissasiga to‘g‘ri kelgan. Bu davrda mamlakatga mazkur turkumdagi 5,5 mlrd dollarlik (jami importning 33,6 foizi) mahsulotlar olib kelingan. Jumladan, 1,24 mlrd dollarlik avtomobillar, 671,2 mlrd dollarlik mashinalar ehtiyot qismlari, 426,3 mln dollarlik elektr mashinalari va ularning jihozlari, 229,2 mln dollarlik samolyotlar import qilingan.

    Infografika: “Daryo” / Asadbek Berdiyorov
    Infografika: “Daryo” / Asadbek Berdiyorov

    Yanvardan maygacha bo‘lgan davrda O‘zbekistonga 1,62 mlrd dollarlik oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar olib kelingan. Xususan, 268 mln dollarlik go‘sht va go‘sht mahsulotlari, 214,6 mln dollarlik sabzavot hamda mevalar import qilingan.

    Besh oylikda 285,5 mln dollarlik tabiiy gaz importi amalga oshirilgan. Bundan xarid ulushi o‘tgan yil mos davriga nisbatan 55,8 foizga qisqargan. O‘z navbatida 874,9 mln dollarlik neft va neft mahsulotlari import qilingan (kamayish 8,2 foiz).

    Qayd etilgan davrda mamlakatga qiymati 1,15 mlrd dollarlik cho‘yan va po‘lat, jami 776,1 mln dollarlik tibbiyot hamda farmatsevtika mahsulotlari importi amalga oshirilgan.

    24 iyun, 14:34   Izoh (0)   1329
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Tashqi savdo#eksport#import#Oʻzbekiston#gaz#oltin

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    2024-yilda tashqi savdo balansi taqchilligi 17,4 mlrd dollarni tashkil etdi  — Markaziy bank

    30 mart, 17:01

    O‘zbekistonning qaysi hududi eksport va import hajmi bo‘yicha yetakchi?  

    1 aprel, 17:23

    “Har bir muammo yangi imkoniyat yaratadi” — Azizbek Urunov AQSH yangi bojlarining O‘zbekistonga ta’siri haqida 

    4 aprel, 12:38

    Prezident O‘zbekistonning JSTga aʼzo bo‘lish jarayonini jadallashtirish bo‘yicha topshiriq berdi

    14 may, 20:00

    O‘zbekiston gaz va oltin eksportini keskin oshirdi

    23 may, 17:12

    “Oltin narxi balandligi omadimiz”. Sobiq moliya vaziri, “O‘zbekinvest” rahbari Rustam Azimov bilan suhbat

    10 iyun, 20:35

    Dollar keskin qadrsizlanmoqda: bunga sabab nima?

    23 iyun, 18:37

    Prezident eksportchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha topshiriq berdi

    23 iyun, 22:52
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonning barcha hududlarida harorat pasayishi kutilmoqda

    O‘zbekiston | 25 iyun, 12:10

    “Lion” quyi divizionga tushirib yuborildi

    Sport | 25 iyun, 12:05

    AQSH razvedkasi Eron yadro obyektlari to‘liq yo‘q qilinganini tasdiqlamadi — CNN

    Dunyo | 25 iyun, 11:59

    Putin reklamalarda xorijiy so‘zlardan foydalanishni taqiqladi

    Dunyo | 25 iyun, 11:39

    “Ular doim ham dushman emasdi”. Isroil va Eron qanday qilib ittifoqchidan ashaddiy raqiblarga aylangan edi?

    Dunyo | 25 iyun, 11:30

    Instagram: Saratonga chalingan raqqosa, ota-onasiga uy sovg‘a qilgan bloger va nevarali bo‘lgan Rashid Xoliqov

    Shou-biznes | 25 iyun, 11:15

    Isroil va Eron uchun 12 kunlik urush qanchaga tushdi?

    Dunyo | 25 iyun, 11:04

    Doramalardagi haqiqat va badiiy to‘qima: koreys seriallariga qay darajada ishonsa bo‘ladi?

    Kino | 25 iyun, 10:59
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.