Daryo

Malayziyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

TIV rahbari Baxtiyor Saidov elchi Rafeda binti Abdul Azizdan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi.

1 daqiqa o‘qish2 515 ko‘rishlar0 izoh1

Rafeda binti Abdul Aziz Malayziyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi etib tayinlandi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.

22-iyul kuni TIV rahbari Baxtiyor Saidov undan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi. Tomonlar O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi. So‘nggi yillarda oliy darajadagi muloqotlar tufayli ikki tomonlama munosabatlar sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilgani qayd etildi.

Foto: Tashqi ishlar vazirligi

Savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, investitsiyaviy hamkorlikni chuqurlashtirish va ko‘plab sohalarda yangi qo‘shma loyihalarni ilgari surish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Malayziyaning O‘zbekistondagi elchisi sifatida 2023-yilning iyul oyidan buyon Ilxam Tua bin Illias ishlab kelayotgandi. U 2026-yilning iyunida o‘z missiyasini yakunladi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar