Daryo

Albaniya va Burundining O‘zbekistondagi yangi elchilari tayinlandi

Gens Pesani Albaniyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi etib tayinlandi. Jozef Nkurunziza esa Burundining birinchi elchisi bo‘ldi. TIV rahbari ulardan ishonch yorliqlarini qabul qilib oldi.

1 daqiqa o‘qish1 856 ko‘rishlar0 izoh1

Gens Pesani Albaniyaning, Jozef Nkurunziza esa Burundining O‘zbekistondagi yangi elchilari bo‘ldi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

27-noyabr kuni TIV rahbari Baxtiyor Saidov ulardan ulardan ishonch yorliqlarini qabul qilib oldi.

“Suhbatimiz o‘zaro savdo, investitsiyalar, turizm, ta’lim va madaniy almashinuv sohalarida hamkorlikni kengaytirishga qaratildi. Shuningdek, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi siyosiy muloqotni mustahkamlash hamda ikki tomonlama sheriklikni yanada chuqurlashtirishga xizmat qiladigan yangi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash borasida umumiy intilishlarimizni ifoda etdik”, deb yozdi vazir Albaniyaning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan elchisi bilan suhbat haqida.

Burundi davlatining O‘zbekistondagi birinchi elchisi Jozef Nkurunziza bilan suhbatda esa ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarning rivojlanayotgan salohiyati haqida fikr almashilgan. Shuningdek, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi hamkorlikni kuchaytirish masalalari ham ko‘rib chiqilgan.

Foto: TIV

Sharqiy Afrikadagi Burundi davlati bilan diplomatik munosabatlar 2024-yilning sentyabrida o‘rnatilgandi. 25-sentyabrda Baxtiyor Saidov Burundi tashqi ishlar va taraqqiyot hamkorlik vaziri Albert Shingiro bilan birgalikda BMT bosh qarorgohida tegishli qo‘shma kommyunikeni imzolagandi.

Shu kuni Baxtiyor Saidov Somalining O‘zbekistondagi birinchi elchisi Fatxudin Ali Mohameddan ishonch yorliqlarini qabul qilgandi. 



Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar