Daryo

Serbiyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

Yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elchi Baxtiyor Saidovga ishonch yorliqlarini topshirdi.

1 daqiqa o‘qish2 126 ko‘rishlar0 izoh1

Serbiyaning O‘zbekistondagi to‘liq vakolatli yangi elchisi tayinlandi. Bu haqda Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov xabar berdi.

Yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elchi Momchilo Babich Baxtiyor Saidovga ishonch yorliqlarini topshirgan.

“Siyosiy, iqtisodiy, madaniy va boshqa sohalardagi do‘stlik va hamkorlik rishtalarini yanada mustahkamlashga o‘zaro tayyorligimizni bildirdik. Elchi janoblariga mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlarni chuqurlashtirish yo‘lidagi mas’uliyatli faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz”, deydi Baxtiyor Saidov.

Shu yil iyul oyida Oybek Shaxavdinov O‘zbekistonning Serbiyadagi (qarorgohi Budapesht shahrida joylashgan) elchisi etib tayinlangan edi. Elchi Serbiya Tashqi ishlar vazirligi Diplomatik protokol rahbari Branko Radovanovichga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirgan. Xorijiy tomon O‘zbekistonning Serbiyaga birinchi elchisi tayinlanganini olqishlab, bu qadam ikki tomonlama hamkorlikning butun yo‘nalishiga yangi surʼat bag‘ishlashini taʼkidlagan. 

Serbiya prezidenti 4 kun rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi.

Tashrif dasturiga muvofiq, Toshkent shahrida oliy darajadagi muzokaralar o‘tkaziladi, ularda O‘zbekiston – Serbiya ko‘p qirrali hamkorligini yanada rivojlantirishning istiqbollari muhokama qilinadi.

Muzokaralar yakunida ikki tomonlama bitimlar to‘plamini imzolash ko‘zda tutilgan.

Aleksandr Vuchich faxriy mehmon sifatida shu hafta Samarqand shahrida boshlanadigan UNESCO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasida ham ishtirok etadi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar