Daryo

Shavkat Mirziyoyev Tinchlik kengashining birinchi yig‘ilishida ishtirok etadi

G‘azo bo‘yicha Tinchlik kengashining birinchi yig‘ilishi 19-fevral kuni AQSH poytaxtida boʻlib oʻtadi.

1 daqiqa o‘qish4 077 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19-fevral kuni bo‘lib o‘tadigan Tinchlik kengashining birinchi yig‘ilishida ishtirok etadi. Bu haqda “O‘zbekiston 24” telekanalining “Tahlilnoma” dasturida xabar berildi.

“Ekspertlar tomonidan koʻp bor taʼkidlanayotganidek, kengash faoliyati Oʻzbekistonga global jarayonlarda faol ishtirok etish, ishonchli hamkor va konstruktiv davlat sifatidagi nufuzini mustahkamlash imkonini beradi. Oʻzbekiston yetakchisi esa notinchlik va mojarolardan aziyat chekkan aholiga yordam koʻrsatish, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashni tashqi siyosatning ustuvor gumanitar vazifalaridan biri sifatida belgilab kelmoqda. Bu yondashuv insonparvarlik tamoyillari, oʻzaro hamjihatlik va masʼuliyat hissiga asoslanib, tinchlikni mustahkamlashga xizmat qiladi. 


Tinchlik kengashining birinchi yigʻilishida Oʻzbekiston delegatsiyasining ishtiroki esa xalqaro tashabbuslarni izchil qoʻllab-quvvatlash, mojarolarni faqat diplomatik yoʻl bilan hal etishga qaratilgan global saʼy-harakatlarda Oʻzbekiston nafaqat ishtirokchi, balki qatʼiy pozitsiyasiga ega yetakchi davlatlar qatorida ekan, mamlakatimiz rahbarining global muammolar yechimiga oid yondashuv va tashabbuslariga xalqaro hamjamiyat katta eʼtibor qaratayotganini yaqqol tasdiqlaydi” , deyiladi xabarda.

Tinchlik kengashi — Donald Tramp tomonidan ilgari surilgan xalqaro tashkilotdir. Shveysariyaning Davos shahrida 2026-yilning 22-yanvar kuni tashkilot nizomi qabul qilindi. Shavkat Mirziyoyev ham Donald Tramp bilan Tinchlik kengashi bitimini imzoladi.

AQSH ma’muriyati uchrashuvdan G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvning ikkinchi bosqichini ilgari surish va mintaqani tiklash uchun mablag‘ yig‘ish maqsadida foydalanmoqchi. Sammitda “Tinchlik kengashi”ning birinchi rasmiy uchrashuvi va bir vaqtning o‘zida xalqaro donorlik konferensiyasi bo‘ladi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar