O‘zbekiston terma jamoasi va Rimning “Roma” klubi hujumchisi Eldor Shomurodov Istanbulning “Bashakshehir” klubiga o‘tishga yaqin turibdi. Jurnalist Yag‘iz Sabunchuog‘lining ma’lum qilishicha, futbolchi allaqachon Turkiyaga yetib borgan.

Unga ko‘ra, turk klubi Shomurodov bilan shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishgan. Futbolchi yaqin vaqt ichida “Bashakshehir” uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tadi va shartnomaga imzo chekadi.
🚨 Başakşehir'in anlaşmaya vardığı Roma forması giyen Eldor Shomurodov, sağlık kontrolü ve resmi imza için İstanbul'a geldi! https://t.co/FvS5VwwX3m
— Yağız Sabuncuoğlu (@yagosabuncuoglu) July 10, 2025
Ma’lumot uchun, avvalroq insayder Fabrisio Romano “Bashakshehir” Shomurodovni 3 million yevro evaziga ijaraga olishi va shartnomada 2,7 million yevroga majburiy sotib olish bandi ham ko‘zda tutilgani borasida xabar bergan edi. Shuningdek, “Roma” hujumchining keyingi transferidan 10 foiz ulushga ega bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, Eldor Shomurodovning “Roma” bilan amaldagi shartnomasi 2026-yil yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali uning bozor qiymatini 5 million yevroga baholamoqda.
Avvalroq OAVda hujumchiga A Seriyaning boshqa bir klubi — “Kremoneze” hamda Fransiya chempionati vakili “Renn” ham qiziqish bildirgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Izoh (0)