O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Italiyaning “Roma” klubi hujumchisi Eldor Shomurodov faoliyatini Turkiyada davom ettirishi mumkin. Taniqli insayder Fabritsio Romano xabariga ko‘ra, Shomurodov “Bashakshehir” klubiga o‘tishga yaqin turibdi.

Manbaga ko‘ra, “Roma” va “Bashakshehir” futbolchining transferi borasida kelishuvga erishgan. Shomurodov Istanbul klubi bilan ikki yillik shartnoma imzolaydi, keyinchalik uni yana bir yilga uzaytirish imkoniyati ham mavjud.
Transfer shartlariga ko‘ra, “Bashakshehir” Shomurodovni dastlab 3 million yevro evaziga ijaraga oladi. Shartnomada 2,7 million yevroga majburiy sotib olish bandi ham ko‘zda tutilgan. Shuningdek, “Roma” hujumchining keyingi transferidan 10 foiz ulushga ega bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, Eldor Shomurodovning “Roma” bilan amaldagi shartnomasi 2026-yil yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali uning bozor qiymatini 5 million yevroga baholamoqda.
30 yoshli forvard 2024/25-yilgi mavsumda “Roma” safida jami 37 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Izoh (0)