Daryo

Toshkentda fuqaro harakatlanayotgan mashina oynasidan mushukni uloqtirdi (video)

IIBB holat yuzasidan ma’lumot berdi

1 daqiqa o‘qish13 643 ko‘rishlar0 izoh0

Ijtimoiy tarmoqlarda fuqaro avtomashina oynasidan mushukni yo‘lning qatnov qismiga uloqtirgani aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. IIBB mazkur holat yuzasidan ma’lumot berdi. 

Kadr: Telegram

Unga ko‘ra, 15-iyun kuni Mirobod tumani hududida 1986-yilda tug‘ilgan Z.X. Nexia oynasidan mushukni yo‘lning qatnov qismiga uloqtirib, harakatni davom ettirgan.   

Mazkur holat yuzasidan ushbu fuqaroga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 111-moddasi (hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish) bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Kuni kecha Toshkentdagi bozorda ilonning boshini uzib, uni so‘ygan qizga chora ko‘rilgan edi. Toshkentdagi bog‘da esa odamlar orasida bahaybat ilon o‘rmalab ketayotgani aks etgan video yuzasidan izoh berilgandi. 

Xorazm viloyatining Urganch shahrida noqonuniy saqlanayotgan sher hayvonot bog‘iga topshirilgan edi. Shuningdek, Toshkent shahar Olmazor tumanida fuqaro o‘z uyida Qizil kitobga kiritilgan qushlarni saqlab kelayotgani aniqlangandi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar