Daryo

O‘zbekiston xususiy bog‘chalar qimmatligi bo‘yicha MDH davlatlari top-5 ligidan joy oldi 

Respublikadagi xususiy maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bola uchun to‘lov qo‘shni mamlakatlarning barchasidan yuqoriligi ma’lum bo‘ldi

1 daqiqa o‘qish12 108 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekiston xususiy bog‘chalar narxi bo‘yicha dunyoda 127 ta davlat orasidan 62-o‘rinni egalladi, deb yozmoqda Ranking.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Numbeo maʼlumotlariga ko‘ra, 2025-yil 7-mart holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xususiy bog‘cha xizmatlari narxi bir bola uchun oyiga 295,3 dollarni tashkil qilgan. Narx-navo bo‘yicha O‘zbekiston dunyoda 127 mamlakat ichida 62-o‘rinni egalladi.

MDH mamlakatlari orasida xususiy bog‘chalar narxi quyidagi davlatlarda O‘zbekistondan arzon:

  • Rossiya — 262,9 dollar;
  • Ozarbayjon — 242,2 dollar;
  • Qozog‘iston — 240,6 dollar;
  • Qirg‘iziston — 190,3 dollar;
  • Tojikiston — 104,3 dollar.

Quyidagilarda esa narxlar O‘zbekistondan ham qimmat:

  • Ukraina — 296,9 dollar;
  • Belarus — 299,3 dollar;
  • Armaniston — 306,9 dollar;
  • Moldova — 372,3 dollar.

Dunyoda xususiy bog‘cha bo‘yicha eng qimmat narx Shveysariya, Niderlandiya va Buyuk Britaniyada bo‘lsa, eng arzoni Bangladesh, Shri-Lanka va Pokistonda qayd etilgan.

Eng arzon restoranlar

Ranking O‘zbekiston 2025-yil boshida oziq-ovqat narxlari indeksida 139 mamlakat orasida 18-o‘rinni egallaganini ma’lum qilgandi. O‘zbekiston restoranlaridagi narxlar MDHda eng arzon deb topilgandi. 2025-yilga mo‘ljallangan restoran narxlari indeksi bo‘yicha mamlakatlar reytingida O‘zbekiston 139 ta davlat orasida 17-o‘rinni olgandi. Sutli qahva ichimligi — kapuchino arzonligi bo‘yicha O‘zbekiston dunyoda 126 ta davlat orasida 15-o‘rinni egallagandi. 

Eng arzon kiyim-kechaklar

Shuningdek, O‘zbekiston jinsilarning arzonligi bo‘yicha dunyo bo‘yicha 98 ta mamlakat ichida 21-o‘rinni, erkaklar charm poyabzali bo‘yicha — 72, krossovkalar bo‘yicha — 84, yozgi ko‘ylaklar bo‘yicha — 75-o‘rinni egallaganini ham ma’lum qilgandi. 

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar