Daryo

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimi sifati bo‘yicha dunyoda 64-o‘rinni egalladi

Umumiy indeks bo‘yicha mamlakat Markaziy Osiyo davlatlaridan Qozog‘iston va Turkmanistonni ortda qoldirdi

1 daqiqa o‘qish7 952 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekiston Ceoworld Magazine jurnalining sog‘liqni saqlash tizimi sifati bo‘yicha mamlakatlar reytingida dunyodagi 110 ta davlat orasida 36,26 indeks bilan 64-o‘rinni egalladi, deb yozmoqda Ranking.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Indeks 100 ga qanchalik yaqin bo‘lsa, mamlakat sog‘liqni saqlash tizimi shunchalik yaxshi deb hisoblanadi.

MDH va Markaziy Osiyo davlatlari orasida O‘zbekiston ro‘yxatning o‘rtasidan joy oldi:

  • Rossiya (42-o‘rin);
  • Ozarbayjon (57-o‘rin);
  • Belarus (61-o‘rin);
  • O‘zbekiston (64-o‘rin);
  • Ukraina (76-o‘rin);
  • Qozog‘iston (78-o‘rin);
  • Turkmaniston (95-o‘rin).

Tayvan, Janubiy Koreya va Avstraliya sog‘liqni saqlash tizimlari eng yaxshi deb tan olindi, Salvador, Gonduras va Nepal sog‘liqni saqlash tizimlari esa — eng yomoni deb.

Foto: Ranking

Sog‘liqni saqlash tizimi sifati bo‘yicha indeks

Ushbu indeks sog‘liqni saqlash tizimi umumiy sifatining statistik tahlilini o‘z ichiga oladi. Jumladan, sog‘liqni saqlash infratuzilmasi, tibbiyot mutaxassislarining (shifokorlar, hamshiralar va boshqa tibbiyot xodimlari) malakasi; tibbiy xizmatlar narxi (jon boshiga AQSH dollarida), sifatli dori vositalarini olish imkoniyati va hukumatning bu boradagi ishlarda qanchalik tayyorligi inobatga olinadi. Atrof-muhit holati, toza ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasi kabi boshqa omillar ham hisobga olinadi.

Ranking e’lon qilgan boshqa reytinglar

Ranking O‘zbekiston 2025-yil boshida oziq-ovqat narxlari indeksida 139 mamlakat orasida 18-o‘rinni egallaganini ma’lum qilgandi. O‘zbekiston restoranlaridagi narxlar MDHda eng arzoni deb topilgandi. 2025-yilga mo‘ljallangan restoran narxlari indeksi bo‘yicha mamlakatlar reytingida O‘zbekiston 139 ta davlat orasida 17-o‘rinni olgandi. Sutli qahva ichimligi — kapuchino arzonligi bo‘yicha O‘zbekiston dunyoda 126 ta davlat orasida 15-o‘rinni egallagandi. 

O‘zbekiston jinsilarning arzonligi bo‘yicha dunyo bo‘yicha 98 ta mamlakat ichida 21-o‘rinni, erkaklar charm poyabzali bo‘yicha — 72, krossovkalar bo‘yicha — 84, yozgi ko‘ylaklar bo‘yicha — 75-o‘rinni egallaganini ham ma’lum qilgandi. 

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar