Daryo

Toshkentda avtobus va ikkita yengil mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Hodisa oqibatida ikki kishi jarohatlandi

1 daqiqa o‘qish9 582 ko‘rishlar0 izoh0

Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Bobodehqon ko‘chasida 8-dekabr kuni YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Foto: Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati

Maʼlum qilinishicha, haydovchilar — 2002-yilda tug‘ilgan T.R. boshqaruvidagi Tracker, 1965-yilda tug‘ilgan M.A. boshqaruvidagi Matiz va 1966-yilda tug‘ilgan X.Sh. boshqaruvidagi Yutong avtobusi o‘zaro to‘qnashgan.

Foto: Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati

Hodisa oqibatida Tracker haydovchisi va bir nafar yo‘lovchisi shifoxonaga olib ketilgan. 

Foto: Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Toshkentda sodir bo‘layotgan YTHlar

5-dekabr kuni Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek va Yunusobod tumanlarida 1,5 soat ichida YTHlar sodir bo‘lgani haqida xabar berilgandi. Shuningdek, 6-dekabr kuni Yunusobod va Yashnobod tumanlarida YTHlar sodir bo‘lgandi.

3-noyabr tunda poytaxtning uchta tumanida YTH sodir bo‘ldi. Sergelida Spark va Matiz to‘qnashdi, Yunusobodda Lacetti yo‘l chetidagi beton ustunga borib urildi, Mirzo Ulug‘bek tumanida Lacetti va BMW to‘qnashdi. 

11-noyabr kuni Mirobod tumanidagi “Sanʼat muzeyi” qarshisida Lacetti King Long avtobusi orqasiga borib urildi. 16-noyabrda Yakkasaroy tumani Malibu yo‘l chetidagi temir ustunga urildi va haydovchisi va yo‘lovchisi jarohat oldi.

17-noyabr kuni Yunusobod tumanida Toyota, Malibu-2 va Cobalt avtomashinalari ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. 24-noyabr kuni Mirzo Ulug‘bek tumanida Spark va Epica to‘qnashib, yonib ketdi. Hodisa oqibatida halok bo‘lganlar yo‘q.

Mirzo Ulug‘bek tumanida 28-noyabr kuni soat 16:10 larda 5 ta avtomashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar