Daryo

Tailandda sayyohlarni olib ketayotgan avtobus 15 metr balandlikdan qulab tushdi

Hodisa oqibatida 9 kishi jabrlangan

1 daqiqa o‘qish9 401 ko‘rishlar0 izoh0

Tailandda sayyohlarni olib ketayotgan avtobus 15 metr balandlikdan qulab tushdi. BrightTV telekanali  ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa oqibatida jarohatlanganlar bor.

Avtobus balandlikdan qulash chog‘ida tog‘ orasiga tiqilib qolgan.

Foto: Report.az

“Yo‘l-transport hodisasi Pxuketdagi Karon-Patong dovonida sodir bo‘lgan. Bir guruh sayyohlarni olib ketayotgan avtobus haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib qo‘ygan va mehmonxona yaqinidagi jarlikka qulab tushgan.

Hodisa oqibatida 9 kishi jabrlangan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ular orasida Rossiya va Xitoy fuqarolari ham bor.

Hozirda voqea joyida qutqaruv xizmatlari ishlayotgani xabar qilingan.

2024-yilning 21-dekabr kuni Braziliyaning janubi-sharqida avtobus yengil avtomobil va yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketishi oqibatida 38 kishi halok bo‘lgandi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, avariya avtobus g‘ildiragi yorilishi ortidan sodir bo‘lgan. Haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, yuk mashinasiga borib urilgan.

Sentyabr oyida esa Rossiyada ichida gandbol muxlislari bo‘lgan avtobus YTHdan so‘ng yonib ketgan, oqibatda 49 kishidan 17 nafari jarohat olgan, yuk mashinasi haydovchisi esa vafot etgandi.

Toshkentdanman. O‘zbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakultetini tamomlaganman. 20 yildan beri jurnalistika sohasidaman. “Daryo”da 2022-yildan beri ishlayman. Hozirda Tahlil va tarjima bo‘limi boshlig‘iman. Yoqtirgan kinoim: "Balamut". Kitoblardan esa O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” asari yoqadi.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar