Daryo

“Tolibon” ayollarga bir-biri bilan gaplashishni taqiqladi 

Avvalroq tegishli taqiq erkaklarga nisbatan qo‘llanilgandi. Endilikda ayollar oldida Qur’onni ovoz chiqarib o‘qish ham taqiqlanmoqda

1 daqiqa o‘qish19 910 ko‘rishlar0 izoh0

“Tolibon” ayollarga nafaqat erkaklar, balki boshqa ayollar bilan ham ochiqchasiga gaplashishni taqiqladi. Bu haqda ezgulik vaziri Xolid Hanafiyga tayanib, Bild xabar berdi.

Foto: AFP

Ma’lum qilinishicha, ayollar ovozlari boshqa yoshi katta ayollar tomonidan eshitilishi mumkin bo‘lgan vaziyatlardan qochishlari kerak. Shunga asosan “Tolibon” hatto boshqa ayollar oldida Qur’onni ovoz chiqarib o‘qishni ham taqiqlagani aytilmoqda. Birlashgan Millatlar Tashkiloti yangi cheklovlarni qoralagan va ularning qabul qilinishi munosabati bilan xavotir bildirgan.

Afg‘oniston muvaqqat hukumati sentyabr oyida 114 sahifadan iborat va 35 moddani o‘z ichiga olgan fazilatlar va illatlarga oid yangi qonunlarni e’lon qilgandi. Bu qoidalar ayollarni qo‘shiq aytish va ommaviy o‘qishdan cheklaydi. Shuningdek, ayollar yopiq kiyinishlari va begona erkaklar bilan ko‘z aloqasiga kirishishdan saqlanishlari shart. Kanada, Avstraliya, Germaniya va Niderlandiya ayollar diskriminatsiyasi tufayli Xalqaro sudga “Tolibon” ustidan da’vo arizasi bilan murojaat qilmoqchi.

Da’vo tarafdorlari, agar “Tolibon” Xalqaro sud yurisdiksiyasini tan olmasa ham, sud qarori Afg‘onistonning yangi hukumati bilan diplomatik aloqalar o‘rnatmoqchi bo‘lgan boshqa davlatlar uchun to‘xtatuvchi omil bo‘lishi mumkinligiga ishonchi komil. BMTga a’zo davlatlar Xalqaro jinoiy sud qarorlariga rioya qilishi kerak. Yuqoridagi davlatlar vaziyatni diplomatik yo‘l bilan hal qilishga umid qilmoqda. Biroq muzokaralar natija bermasa, ish sudda davom etadi.

Afg‘onistonda ayollarga nisbatan joriy qilingan ayrim taqiqlar quyidagilar:

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_moObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar