31 yoshli amerikalik Mel Plakanika ismli ayol qorindagi kuchli og‘riqlar va qon ketishi tufayli shifokorlarga murojaat qilgan. Tekshiruvdan so‘ng uning beshta qo‘shimcha organi borligi aniqlandi, deya xabar beradi The Sun nashri.
Plakanikaning aytishicha, uning oshqozonidagi og‘riqlar chidab bo‘lmas darajada bo‘lib, muntazam ravishda qon ketishi kuzatilgan. Yana bir xurujdan so‘ng onasi ayolni kasalxonaga olib borgan, skanerlash paytida bachadon yaqinida o‘simta borligi taxmin qilingan. Biroq ushbu tashxis noto‘g‘ri bo‘lib chiqqan.
Keyinchalik jiddiy holatning sababini topishga urinishlar kutilmagan kashfiyotga olib kelgan. Skanerlash Plakanikaning jami beshta qo‘shimcha organi – ikkita bachadoni, to‘rtta tuxumdoni, ikkita bachadon bo‘yni va uchta buyragi borligini ko‘rsatgan. Ko‘p o‘tmay ayolning bitta bachadoni va ikkita tuxumdoni olib tashlangan hamda ikkita bachadon bo‘yni ham bittaga birlashtirilgan.
Shifokorlar, shuningdek, kuchli qorin og‘rig‘iga sabab bo‘lgan endometriozni ham aniqlagan.
Izoh (0)