Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova Moskva Varshavaning Rossiya konsulligi faoliyatini to‘xtatish qaroriga og‘riqli javob qaytarishini ma’lum qildi.
“Biz yana bir dushmanona qadamga og‘riqli javob beramiz”, dedi u.
Polsha Tashqi ishlar vazirligi Poznan shahridagi Rossiyaning konsulligi faoliyatiga roziligini qaytarib olgani haqida xabar bergan edi.
Unga ko‘ra, Rossiya diplomatik muassasasi xodimlari mamlakatdan chiqarib yuboriladi va Polsha hududida nomaqbul deb hisoblanadi.
“Men Poznandagi Rossiya konsulligi faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnomani bekor qilishga qaror qildim. Muassasa xodimlarining Polsha hududida bo‘lishi nomaqbul deb hisoblanadi”, degandi polshalik diplomat.
Izoh (0)