Isroil harbiy-havo kuchlari tunda Suriyaning bir qator provinsiyalaridagi harbiy obyektlarga havo hujumi uyushtirdi. Bu haqda SANA xabar berdi.
O‘rtayer dengizi va Livan shimolidan harbiy-sanoat korxonalari, qurol-yarog‘ omborlari, Damashq, Homs va Tartusdagi harbiy texnika va dronlar kolonnasiga o‘nlab raketalar uchirilgan.
The Syrian Observatory for Human Rights maʼlumotlariga ko‘ra, Xama probinsiyasidagi hujumlardan maqsad Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi tadqiqot markazining harbiy obyekti bo‘lgan. Ushbu provinsiyaning janubi-g‘arbida qurol-yarog‘ ishlab chiqish bo‘yicha mutaxassislar joylashgan bazalarga ham hujum uyushtirilgan. Ba’zi arab manbalari mazkur havo hujumlari “so‘nggi bir necha yildagi eng shiddatlisi” ekanini ta’kidlamoqda.
Masyaf shahridagi milliy shifoxona direktori Faysal Xayder hujum besh kishining o‘limiga, 19 nafar tinch fuqaroning jarohatlanishiga olib kelganini aytgan. Jabrlanganlarning ayrimlarining ahvoli og‘ir ekani aytilmoqda. Yaradorlarga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.
Izoh (0)