• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino

    “Alisher va Adizga sizlar aktyor emassizlar, deganimda mendan ranjishgan”. Otabek Musayev o‘zbek kinosidagi bugungi vaziyat va ijodiy tanaffusi sababi haqida (video)

    Taniqli kinoaktyor, professional telejurnalist Otabek Musayev “Vatan”, “Qo‘rg‘oshin”, “Hur qiz” kabi ko‘plab filmlardagi turli obrazlari bilan tomoshabinlar mehrini qozongan. Otabek Musayev bir necha yillar “O‘zbekkino”ga ham rahbarlik qilgan. So‘nggi paytlarda ijodida tanaffus kuzatilayotgan ijodkor “Daryo”ga bergan intervyusida o‘zbek kinosining bugungi ahvoli haqidagi mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.



    — Men televizor ko‘rmayman. Birinchidan, vaqtim, shuningdek, xohishim yo‘q. Olinayotgan serial va filmlarimiz sayoz. Ijodkorlar kitob o‘qishni, o‘rganishni xohlamaydi. Bu haqda hamma gapiryapti. Yuziga ton berib, labini cho‘chchaytirib chiqsa, odamlar ko‘radi, degani emas. Odamlar nafaqat ko‘rishi, balki 1-2 soat vaqtini ajratishi uchun nimadir bo‘lishi kerak, deydi Otabek Musayev. 

    Otabek Musayev, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarning bugungi kundagi ahamiyati haqida ham to‘xtalib o‘tdi. 

    — Ijtimoiy tarmoqlarni yomon, deya olmayman. Chunki bu noto‘g‘ri. Internetni hayotimizdan olib tashlay olmaymiz. Afsuski, ijtimoiy tarmoqlarda bolalar ham, kattalar ham yengil-yelpi narsalarni ko‘rib, shunga o‘rganib qolyapti. Ijtimoiy tarmoqlar ig‘voxonaga aylanib qolgan. Lekin internetdan to‘g‘ri foydalansa, u zo‘r narsa.
    Hozir bog‘cha bolasining ham qo‘lida telefon. Undan telefonni olib ko‘ringchi, ovozi yetti mahallaga ketadi. O‘zimning nevaralarim ham telefondan foydalanishadi, lekin kelinim vaqtni chegaralab, kezi kelganida telefonni qo‘lidan olib qo‘yadi, deydi aktyor.

    Otabek Musayev Alisher Uzoqov, Adiz Rajabov va Akbarxo‘ja Rasulovlarning teatrdagi faoliyatini boshlashiga sabab bo‘lgani haqida ham so‘zlab berdi. 

    — Bir kuni “O‘zbekkino” rahbari bo‘lib yurganimda oldimga Alisher Uzoqov, Adiz Rajabov va Akbarxo‘ja Rasulovlar kelishdi. Ularga “Sizlar aktyor emassizlar, xafa bo‘lmanglar”, dedim. “Sizlarni faqat ko‘cha-ko‘yda odamlar taniydi, lekin sizlar teatr sahnasiga chiqib rol o‘ynab ko‘ringlarchi? Sahnada “bo‘lmadi bu dubl, boshqatdan olamiz”, deyolmaysizlar. O‘shanda tomoshabin “Iye, Alisher Uzoqov gapirishni bilmas ekan-ku? Adizni men yaxshi artist deb bilardim, u rol o‘ynashni bilmas ekan-ku”, deb aytadi, dedim. Ular mendan xafa bo‘lishdi.

    O‘shanda “O‘zbekkino” qoshida “Kinoaktyor” teatr-studiyasini tashkil etmoqchi edim, ular oldimdan xafa bo‘lib ketishdi. To‘g‘ri “Diydor” teatr-studiyasiga, Bahodir akam Yo‘ldoshevning oldiga borishgan. Rahmatli Bahodir akam darrov menga qo‘ng‘iroq qilib, “Bularni rosa qo‘rqitib yuboribsan-ku”, degan. Shundan so‘ng ular “Diydor”da ancha vaqt ishlashdi. Teatr sahnasida rol ijro etish hammaning ham qo‘lidan kelmaydi. Garchi kinoda rollar ijro etgan bo‘lsam ham, men ikki dunyoda teatr sahnasiga chiqa olmayman, yuragim yo‘q, qo‘limdan kelmaydi, deydi Otabek Musayev.

    Otabek Musayev bilan to‘liq suhbatni quyida tomosha qilishingiz mumkin.

    08.08.2024, 12:39   Izoh (0)   64747
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Men o‘zbekman”: “O‘zbekkino”ning yangi rahbari Otabek Musayev o‘ynagan filmlar

    14.01.2016, 17:47

    Davron Ergashev Sherzod Bin sabab o‘g‘lini Amerikada uylantirgani hamda bitta to‘ydan 10 ming dollar pul topgani haqida so‘zlab berdi

    15.05.2024, 13:50

    “Farzandlarimdan birortasi Amerika prezidenti bo‘ladi”. Otabek Mahkamov bola tarbiyasidagi ahamiyatli jihatlar va Nyu Yorkdan uy sotib olgani haqida gapirdi 

    22.05.2024, 14:40

    Netflix’ning top-3 filmlari reytingidan o‘rin olgan hind filmi: uni nima uchun ko‘rish kerak? (treyler)

    07.08.2024, 18:55

    63 yoshli Jan-Klod Van Damm 36 yildan keyin o‘zining mashhur suratini takrorladi (foto)

    07.08.2024, 16:40

    Arnold Shvarseneggerning umumiy boyligi bir milliard dollardan oshdi

    07.08.2024, 12:40
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi

     

    Tavsiya etamiz

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Madagaskar yaqinida 300 yil oldin cho‘kib ketgan va dengiz qaroqchilari o‘ljasiga aylangan kema topildi

    Dunyo | 5 iyul, 23:55

    Buxoro va Qoraqalpog‘istonda “valyutchik”lar ushlandi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 23:30

    “Yevropa o‘tmishda Afrikani talagan” — JAR prezidenti

    Dunyo | 5 iyul, 23:15

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “PSJ” 9 kishi bo‘lib “Bavariya”ni mag‘lub etdi

    Sport | 5 iyul, 23:06

    USAID faoliyati to‘xtatilishi tufayli nigeriyaliklarga ochlik xavfi tahdid solmoqda — OAV

    Dunyo | 5 iyul, 22:47

    Sirdaryoda 892 mln so‘mlik noqonuniy zargarlik savdosi fosh etildi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 22:22

    Superliga. “OKMK” Muborakda “Mashʼal”ni mag‘lub etdi

    Sport | 5 iyul, 22:20

    Isroil Eronning beshta harbiy obyektga zarba berganini yashirgani aniqlandi

    Dunyo | 5 iyul, 22:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.