O‘zbekiston shaharlari bo‘ylab keng ko‘lamli konsert dasturi doirasida taniqli reperlar Asl Wayne va Massa muxlislar qalbini zabt etishda davom etmoqda. Videolari YouTube’da millionlab marotaba tomosha qilinadigan ijrochilar an’anaviy o‘zbekona ohanglarni zamonaviy hip-hop uslubi bilan uyg‘unlashtirgan holda dadil musiqiy tajribalar o‘tkazishadi. Ularning O‘zbekiston shaharlari bo‘ylab berayotgan konsertlari mamlakat musiqa madaniyatida muhim voqeaga aylanishga ulgurdi.
Yaqinda Urganchda bo‘lib o‘tgan konsert yulduzlarning tobora ommalashib borayotganini isbotladi — zaldagi o‘rinlar to‘liq sotilib, 2000 dan ortiq muxlis jonli ijrodan zavqlanish uchun bir joyda yig‘ildi. Tur markaziy shaharlar, jumladan, Samarqand, Jizzah, Guliston, Farg‘ona va Namanganda davom etadi.
Moliyaviy texnologiyalar sohasida milliy yetakchi — A-Pay kompaniyasi mahalliy musiqachilarni qo‘llab-quvvatlayotganidan faxrlanadi. Biz uchun O‘zbekistonda san’at va ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish, ijodkorlarning yangi marralarni zabt etishlariga ko‘maklashish muhim sanaladi. Asl Wayne va Massa bilan hamkorligimiz nafaqat ularning ijodini qo‘llab-quvvatlashga, balki musiqiy sanoat va zamonaviy texnologiyalar o‘rtasidagi aloqani mustahkamlashga xizmat qiladi.
A-Pay mamlakatda raqamli ekotizimni rivojlantirishga intilmoqda va media-sanoat bilan hamkorlik — O‘zbekiston kelajagini rivojlantirish yo‘lida yana bir qadamga aylanadi. A-Pay ilovasini yuklab oling, musiqiy turga qo‘shiling va jamiyatimizning bir bo‘lagiga aylanish imkonini qo‘ldan chiqarmang!
Reklama huquqi asosida.
Izoh (0)