Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida ikki mashina to‘qnashuvi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, holat 5-may kuni soat taxminan 13:30 larda davlat ahamiyatidagi 4R-79 Qarshi—Chim—Chiroqchi—Shahrisabz avtomobil yo‘lining 12-kilometrida sodir bo‘lgan. Qarshi tumani “Xonobod” MFY hududida harakatlangan haydovchi B.M. boshqaruvida bo‘lgan Nexia-3 ni Shahrisabz—Qarshi yo‘nalishi bo‘yicha boshqarib kelib, qarama-qarshi tomondan harakatlanib kelayotgan, J.A. boshqaruvida bo‘lgan Nexia-2 bilan to‘qnashib, YTH sodir etgan.
Oqibatda Nexia-2 da yo‘lovchi sifatida kelayotgan 2 nafar fuqaro tan jarohati olib, hodisa joyida vafot etgan, bir nafari tan jarohati olib shifoxonaga tushgan. Nexia-3 haydovchisi tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan viloyat IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh (0)