Los-Anjelesda yashovchi Nala laqabli mushukni Instagram’da 4,5 milliondan ortiq inson kuzatadi. U “Yilning eng yaxshi tiktokeri” mukofoti g‘olibi, shu bilan birga ijtimoiy tarmoqlar orqali 100 million dollar ishlab topgan. Bu haqda uning egasi, asl ismi Vasiri Matachittifan bo‘lgan Puki This Morning ko‘rsatuviga bergan intervyusida gapirib berdi, deb yozmoqda “Korrespondent.net” nashri.
Nala hayvonlar boshpanasida bo‘lgan, uning Instagram’dagi akkaunti esa 2012-yilda ochilgan.
“Menimcha, u ijtimoiy tarmoqlarda o‘ziga o‘zi gapirayotgandek ko‘rsatgan birinchi mushuk edi. Mushuk insonlarga yoqqanining sabablaridan biri ham, shu xususiyat uning shaxsiyatini yaratgan, bundan tashqari mushuk juda ham yoqimtoy” — deydi Puki.
Bundan tashqari, Nala hozirda Instagram’dagi eng ko‘p obunachiga ega mushuk sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan va u “Yilning eng yaxshi tiktokeri” tanlovida ham to‘rt kishini ortda qoldirib, g‘olib bo‘lgan.
“Shu kungacha bunga ishonganman, hech qachon bu yerda bo‘laman deb o‘ylamagan edim, hattoki sizlar bilan Buyuk Britaniyada televideniyesi orqali gaplashayotgan bo‘lsam ham, sodir bo‘lgan hamma narsa uchun juda minnatdorman va o‘ylaymanki, bularning barchasi qandaydir sabab bilan sodir bo‘ldi.
Men partnyorim bilan ilk marta Instagram orqali uning akkauntini yaratganimda va bo‘yinbog‘ buyurtma qilganimda tanishgandim. Shennon o‘zining ikki jiyanini besh va olti yoshligida asrab olgan va ularga g‘amxo‘rlik qilish uchun ishdan ketishga majbur bo‘lgan, bizning tanishuvimiz shunday bo‘lgan. U o‘zining bo‘yinbog‘larini yasashni va ularni Etsy’da sotishni boshladi va men undan ulgurji savdoda 50 ta bo‘yinbog‘ sotib olsam bo‘ladimi, deb so‘radim, shundan keyin biz uchrashdik”, — deydi uy bekasi.