Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning jiyani, 26 yoshli Hamzat Qodirov mulk va yer munosabatlari vaziri etib tayinlandi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Foto: grozniy-inform.ru

“Hukumat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Checheniston bosh vazirining yangi o‘rinbosari, mulk va yer munosabatlari vaziri Hamzat Qodirovni Vazirlar Mahkamasi a’zolariga tanishtirdim. Hamzat iqtidorli va ijrochi rahbar, u davlat hokimiyati va mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlaridagi oldingi lavozimlarda yuqori natijalarga erishish orqali buni isbotladi”, — deb yozdi Qodirov “Vkontakte” ijtimoiy tarmog‘ida.

Hamzat Qodirov 2012-yilda hofizlar maktabini tamomlagan, shundan so‘ng Zelimxon Qodirov (Ramzan Qodirovning akasi) nomidagi Axmat-Yurt oilaviy qishlog‘idagi hofizlar maktabiga direktor etib tayinlangan. 2017-yilda Chechen davlat universitetining davlat boshqaruvi fakultetini tamomlagan. U Checheniston rahbari yordamchisi, Kurchaloyevskiy munitsipial okrugi ma’muriyati rahbari, Checheniston jismoniy tarbiya va sport vaziri, Checheniston kotibiyati rahbari lavozimlarida ishlagan.

Ma’lumot uchun, 2022-yil Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi Xutmat Qodirova Respublika rahbari kotibiyatida boshliq o‘rinbosari etib tayinlangandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiya prezidentligiga nomzod Do‘g‘u Perinchek saylovda g‘alaba qozonsa, mamlakatni NATOdan chiqarishga va’da berdi
Mahalliy
O‘zbekistonda 25-mart kuni qanday ob-havo kuzatilishi ma’lum qilindi
Sport
Krishtianu Ronaldu terma jamoalar miqyosida ikkita tarixiy rekord qayd etdi