“O‘zgidromet” 3-fevral, juma kuni uchun ob-havo prognozini e'lon qildi.
Toshkent shahrida havo oʻzgarib turadi, kechga tomon yomgʻir yogʻadi. Shamol gʻarbdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-4 daraja iliq, kunduzi 10-12 daraja iliq boʻladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3 daraja sovuq—2 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq boʻladi.
Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq boʻladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq, baʼzi joylarda 12-14 daraja iliq boʻladi.
Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq boʻladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 1 daraja sovuq—4 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq boʻladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Qor koʻchishi xavfi bor. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 1-6 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq boʻladi.
Izoh (0)