Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Inter” va “Milan” jamoalari 18-yanvar, chorshanba kuni Italiya Superkubogi uchun o‘zaro bahs olib bordi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tgan o‘yinda “nerazzurilar” hisobni ochdi. 10-daqiqada Federiko Dimarko o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi. 21-daqiqada esa Edin Jeko “Inter”ning ikkinchi goliga mualliflik qildi. Birinchi bo‘lim 2:0 hisobida yakunlandi.

Ikkinchi bo‘limda “Milan” faolroq harakat qildi, biroq “Inter” yana gol urdi. Bu gal Lautaro Martines o‘z nomini tabloga yozdirdi.

Shu tariqa “Inter” o‘z tarixida yettinchi marta Italiya Superkubogiga ega chiqdi.

Italiya Superkubogi

18-yanvar, chorshanba

“Milan” — “Inter” 0:3

Gollar: 0:1 – 10 Dimarko, 0:2 – 21 Jeko, 0:3 – 77 Martines.

“Milan”: Teterushanu, Kalabriya (Dest, 79), Kyer (Kalulu, 64), Tomori, Ernandes, Bennaser, Braim Dias (de Ketelare, 64), Tonali, Jiru (Rebich, 79), Rafael Leau, Messias (Origi, 65).

“Inter”: Onana, Darmian, Acherbi, Shkrinyar, Bastoni (de Vrey, 84), Dimarko (Gozens, 63), Mxitaryan, Chalhano‘g‘lu (Aslani, 84), Barella (Galyardini, 71), Jeko (Korrea, 71), Martines.

Ogohlanitirishlar: Barella (33), Chalhano‘g‘lu (72), Ernandes (77), Martines (79), Tonali (85).

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
General Pyotr Pavel Chexiyaning yangi prezidenti etib saylandi
Dunyo
Amerikadagi rus mafiyasi boshlig‘iga aylanib, Rossiyada o‘lim topgan “qonundagi o‘g‘ri” — “Yaponchik”. Kun xronologiyasida 29-yanvar
Mahalliy
“O‘tgan yil davomida ichki ishlar xodimlari bilan bog‘liq 644 ta salbiy video tarqalgan” — Shohrux G‘iyosov