Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Uyqusizlik ko‘pincha “katta shahar kasalligi” deb ataladi. Albatta, megapolislar aholisi (ayniqsa, jismoniy harakatsizlik, stress va ortiqcha ish bilan mashg‘ul bo‘lgan ofis xodimlari) ko‘pincha uyqu bilan bog‘liq muammolarga duch keladi. Uzoq kutilgan dam olishni kutayotgan har qanday odam aqldan ozishi mumkin. Lekin kuchli charchoqdan keyin uxlash ham oson kechmaydi. “Noviy ochag” nashri uyqusizlik qiynaganda, qanday yo‘l tutish bo‘yicha tavsiyalar berib o‘tdi.

Foto: “Noviy ochag”

Foto: “Noviy ochag”

Ijobiy kayfiyatda bo‘ling

Salbiy fikrlar — “Kech bo‘ldi, lekin men erta turishim kerak”, “Men hech qancha uxlamayman”, “Ertaga kun bo‘yi charchayman” — bular organizmning bo‘shashishiga to‘sqinlik qiladi. Ammo uxlash uchun tinchlanishga harakat qilish lozim.

Biror narsaga e’tibor qarating

Bunday vaqtda biror narsani uzoq vaqt sanash tezroq uxlab qolishga yordam beradi. Masalan, tasavvur qilgan holda gul terish yoki qutiga narsalar solish ham.

Uxlashni xohlayotganingizni ko‘rsating

Miyani juda charchaganga ishontirish lozim. Bu holatda o‘zingizni qanday his qilayotganingizni tasavvur qiling — qovoqlar, qo‘llar va oyoqlar og‘irlashadi, esnoq tutib, ko‘rpa ostiga kirish kerak. Ushbu layfxak ham uxlab qolishga yordam beradi.

Kitob o‘qish

Elektron emas, haqiqiy kitob! Yozilganlarni bemalol o‘qish uchun chiroq yoqiladi. Sujetni unutishdan yoki to‘xtagan joyni yo‘qotishdan qo‘rqmaslik lozim, asosiysi uxlab qolishdir.

Musiqa tinglash

Oddiy, sokin musiqa sizga kerak bo‘lgan narsadir. Kechqurun radio yoki sevimli audio kitob ham uxlab qolishga yordam beradi. Ba’zi odamlar mutlaq sukunatda uxlay olmasligidan shikoyat qiladi. Bunday holda, kuchli yomg‘ir tovushlari yordam berishi mumkin.

“4-7-8” mashqi

Olimlarning fikriga ko‘ra, bu usul yurak urish tezligini va qon bosimini pasaytirishga yordam beradi.

  • 4 soniya davomida havodan nafas olinadi;
  • nafas 7 soniya ushlab turiladi;
  • 8 soniya davomida nafas chiqariladi.
Uxlab qolguncha ushbu mashqni takrorlash tavsiya etiladi.

Yoqtirmaydigan ishingizni bajaring

U yoqdan bu yoqqa ag‘darilgandan ko‘ra, yotoqdan turib, sizni juda charchatadigan ishlarni bajaring. Ba’zilar uchun 20 daqiqa dazmol qilish kifoya.

Oyoqlarni sovutib oling

Ba’zi tadqiqotlarga ko‘ra, bu aslida organizmni tezroq uxlatishga yordam beradi. Oyoqlarni yopinchiq ostidan tashqariga chiqarib uxlashga harakat qilish lozim.

Ko‘zingizni yuming

Xona yetarlicha qorong‘i bo‘lsa ham, ko‘cha chiroqlari yoki oy nuri kabi yorug‘lik manbalari bezovta qilishi mumkin. Bunday holda ko‘z niqobisiz uxlab bo‘lmaydi. Agar yo‘q bo‘lsa, ko‘zni dazmollangan mato yoki yupqa sochiq bilan yopishga harakat qilish lozim.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Aholining valyuta ayirboshlashga yoʻnaltirgan pul mablagʻlari hajmi 68 foizga oʻsdi — Markaziy bank
Mahalliy
Samarqandda 2 kishi ovqatdan zaharlanib vafot etdi
Mahalliy
Toshkentda avtobusning yurgan masofasiga qarab to‘lov qilish tizimi yo‘lga qo‘yiladi