Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

UNG Petro 17-dekabr kuni Toshkent shahrida benzin quyish shoxobchalaridagi narxlarni e’lon qildi.

Foto: UNG Petro

Foto: UNG Petro

Unga ko‘ra, AI-80 Toshkentdagi uchta benzin quyish shoxobchasida 5 700 so‘mdan sotilmoqda. Bular UNG Petro, Poytaxt Oil va Miss Petrol. 

Poytaxt Oil’da AI-80 narxi bir kun ichida 700 so‘mga arzonlagan. Shu tariqa Toshkentda AI-80 benzinini 5 700 so‘mdan taklif qilayotgan shoxobchalar soni yana bittaga ko‘paydi. 

Narxlarning tushishi AI-80 benzini uchun aksiz solig‘i bekor qilingani bilan izohlanadi

AI-80 Tatneft benzin quyish shoxobchasida eng qimmat narxda sotilmoqda — 1 litr uchun 6 800 so‘m. Shunga qaramay, mazkur narx 13-dekabrga nisbatan 700 so‘mga arzonroq. 

Tatneft shoxobchasi, shuningdek, AI-92 va AI-95 turdagi benzinlarni ham  eng baland narxda taklif qilmoqda — 1 litr uchun mos ravishda 12 500 so‘m va 14 000 so‘m bilan sotilmoqda. Narxlar bir oydan beri o‘zgarmay keladi.  

AI-92 uchun eng arzon narxni bir yo‘la beshta benzin quyish shoxobchalari (UNG Petro, Poytaxt Oil, Miss Petrol, IBR Petroleum Station va Mustang) taklif qilmoqda — 9 500 so‘m. 

AI-95 turdagi benzinni esa eng arzon narxda mijozlarga UNG Petro quyib bermoqda — 1 litriga 10 500 so‘m. Eng arzon AI-95 narxi 25-noyabrga nisbatan o‘zgarmagan. 

Mart oyidagi ma’lumotlardan farqli ravishda AI-98 narxlari hech qaysi benzin quyish shoxobchasida ko‘rsatilmagan.

Avvalroq O‘zbekistonda AI-80 benzini ishlab chiqarish hajmi 50 foizdan ko‘proqqa oshirilgani haqida xabar berilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Tan olingan kambagʻallik. Hukumat muammoni qanday hal etmoqchi?
Dunyo
Rossiyada urushga borishdan bosh tortgan mahbuslarga qo‘shimcha jazo muddati bilan tahdid qilinmoqda — OAV
Salomatlik
Buyrakda toshlar, gipertoniya: rivojlanishiga birgina tuz sabab boʻladigan 4 ta xavfli kasallik