Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Shavkat Mirziyoyev raisligida tadbirkorlik va sanoatni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash chora-tadbirlari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida 2023-yilda pilla yetishtiruvchilarning manfaatdorligini oshirish maqsadida ushbu sohaga ham erkinlik berilishi ta’kidlandi.

Xususan, endilikda yetishtirilgan pilla aholidan jahon birjalaridan kam bo‘lmagan narxda xarid qilinadi. Bu kamida 500 ming aholini band qilib, ularning daromadini 2—3 baravar oshirish imkonini beradi.

Ikkinchi yo‘nalish doirasida ishsizlik og‘ir bo‘lgan 1 mingta mahalla uchun 300 ta mikro-markaz tashkil etib, ularga tadbirkorlik uchun imkoniyat yaratishi zarurligi qayd etildi. Tuman va shaharlarning 255 ta markaziy ko‘chasi hamda 274 ta mahalladagi savdo-xizmat ko‘chalari to‘liq ishga tushishi shartligi ko‘rsatib o‘tildi.

Mutasaddilarga 17 ta tuman va shaharning master-rejalarini 1-aprelgacha yakuniga yetkazib, savdo va servis obyektlari uchun yangi yerlarni auksionga chiqarish topshirildi. Tushgan mablag‘lar yana 20 ta tuman va shaharning master-rejalarini ishlab chiqishga yo‘naltiriladi.

Mavzuga doir:

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
General Pyotr Pavel Chexiyaning yangi prezidenti etib saylandi
Dunyo
Amerikadagi rus mafiyasi boshlig‘iga aylanib, Rossiyada o‘lim topgan “qonundagi o‘g‘ri” — “Yaponchik”. Kun xronologiyasida 29-yanvar
Mahalliy
“O‘tgan yil davomida ichki ishlar xodimlari bilan bog‘liq 644 ta salbiy video tarqalgan” — Shohrux G‘iyosov