Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Qarshi davlat universiteti talabasi viloyat hokimi Murotjon Azimov bilan uchrashuvda bildirilayotgan noo‘rin tanqidlarga javob qaytaruvchi blogerlar jamoasini tuzish taklifini berdi. Viloyat hokimi bu taklifni ma’qullab, talaba qiz hokimlikka ishga olinishini bildirdi.

Kadr: Telegram

Kadr: Telegram

Talaba qiz, xususan, AOKAning viloyat boshqarmasi huzurida jamoani shakllantirish, bu orqali viloyat imijini yaxshilash mumkinligi haqida gapirgan.

“Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining viloyat boshqarmasi huzurida har bir tumanda oliy ta’lim muassasalari talabalarilarining ko‘ngilli yoshlaridan tashkil topgan yosh blogerlar jamoasini shakllantirish va ularni kerakli texnik jihozlar bilan ta’minlash, muntazam o‘quv-seminarlarni tashkil etishni taklif qilaman.

Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad nima? Yurtimizda, ayniqsa, Qashqadaryo viloyatida olib borilayotgan ijobiy o‘zgarishlarni keng xalq ommasiga targ‘ib qilish bo‘ladi. Qo‘shtirnoq ichidagi ayrim blogerlar tomonidan tanqidiy masalalarga ba’zi holatlarda noto‘g‘ri tomonlama yondashilayotgani viloyatimizning ba’zi joylarida, o‘zingiz aytganingizdek, bizni xafa qiladigan darajaga yetkazyapti.

Biz shunday jamoa shakllantiraylikki, 100 ta oq narsani ko‘rsatmasdan, bitta qora narsani ko‘rsatayotganlar uchun ijobiy javob qaytarsin”, — degan talaba.

Hokim Murotjon Azimov esa bu taklifni eshitib, talaba qiz viloyat hokimligiga ishga olinishini ma’lum qildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Chegara masalasining yakuniy hal etilishi Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlashga xizmat qiladi” —  Sadir Japarov 
Dunyo
“Bizga hayvonlardan yomonroq munosabatda bo‘lishadi” — Afg‘onistonlik qiz “Tolibon”ning cheklovlari haqida (video)