“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” matbuot xizmati Toshkent va Urganch o‘rtasida qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yilishini ma’lum qildi.
Yangi yil bayrami munosabati bilan yo‘lovchilarni tashishni tashkil qilish maqsadida 2022-yilning 18-20-23-25-27-30-dekabr va 2023-yilning 3-6-8-10-13-15-yanvar kunlari Toshkent—Urganch—Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha 12 ta qatnovlar yo‘lga qo‘yiladi.
Poyezdlar quyidagi jadval asosida harakatlanadi:
- 156-sonli Toshkent—Urganch yo‘nalishi: Toshkent 00:05 — Urganch 14:23
- 155-sonli Urganch—Toshkent yo‘nalishi: Urganch 17:35 — Toshkent 06:54