Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Moskvaning Meshchanskiy sudi muxolifatchi siyosatchi Ilya Yashinni Rossiya armiyasi haqida “soxta” xabar tarqatishda ayblab, sakkiz yarim yilga koloniyada jazo o‘tashga hukm qildi. Bu haqda “Mediazona” xabar berdi.

Foto: “RIA Novosti”

Foto: “RIA Novosti”

Jazo muddati tugagach, unga to‘rt yil davomida internetdan foydalanish ham taqiqlanadi. Yashin aprel oyida Bucha shahri Rossiya qo‘shinlari tomonidan bosib olingach, tinch aholi o‘ldirilgani haqida gapirgandi. Ayblovga ko‘ra, siyosatchi Rossiya “tinchlik va xavfsizlikni saqlash” choralarini ko‘rayotganini “bilgan” bo‘lsa-da, “siyosiy nafrat asosida bilib turib yolg‘on ma’lumot” tarqatgan. Yashin iyul o‘rtalarida “soxta” xabar bo‘yicha qo‘lga olingan.

Muxolifatchi sudda aybini tan olmagan, u Buchadagi qotilliklar bo‘yicha Ukraina pozitsiyasini, Rossiya Mudofaa vazirligi pozitsiyasini hamda mustaqil jurnalistlarning xabarlarini keltirgan. Siyosatchi Ukrainada urush boshlanganidan keyin ochiqchasiga urushga qarshi pozitsiyani bildirgan va Rossiyani tark etishdan bosh tortgan.

Mavzuga doir: Yekaterinburg sobiq meri armiyani “obro‘sizlantirgani” uchun qo‘lga olindi

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Ota bolasini, aka ukasini tanimaydi, chang-to‘zon, terlab-pishib har kim uloqni taqimiga bosish qayg‘usida” — Piskentdagi koʻpkaridan fotoreportaj
Mahalliy
O‘rta Chirchiqda 400 nafar o‘quvchi maktab binosi olib qo‘yilgani sabab darsga borolmayotgani xabar berildi. Zoir Mirzayev holatga eʼtibor qaratdi
Mahalliy
Turkiyadagi dahshatli zilzilada 3 419 kishi halok boʻldi — voqea tafsilotlari (video)