• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12694.97
    • RUB161.6
    • EUR14878.5
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Abdulhamid sulton qahva ichgan piyola, Otaturk kosasi: Usmoniylar me’morchiligini o‘zida saqlagan tarixiy shahar — Za’faronga fotosayohat

    Safranbolu sayyohlar orasida unchalik mashhur bo‘lmagan, biroq Vizantiya imperiyasi davridan beri mavjud shahar hisoblanadi. Toshli ko‘chalari, baland tepaliklari, me’moriy obidalari va go‘zal manzaralari bilan o‘ziga maftun etuvchi shaharning butun tarixiy qismi UNESCO’ning Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan. Shaharda 2000 ga yaqin tarixiy binolar mavjud bo‘lib, ulardan 800 tasi davlat muhofazasiga olingan. “Daryo” muxbiri Turkiya madaniyat va turizm vazirligi tomonidan tashkil etilgan press-tur doirasida Safranbolu shahridan fotoreportaj tayyorladi.

    Foto: “Daryo” / Umidjon Mamarasulov

    Foto: “Daryo” / Umidjon Mamarasulov

    Safranbolu G‘arbiy Qora dengiz sohilidagi doim yashil hudud bo‘lgan Qorabuk viloyati markazida joylashgan. Shahar ushbu hududda yetishtirib kelinayotgan za’faron o‘simligi nomi bilan atalgan. Safranbolu haqidagi ilk ma’lumotlar miloddan avvalgi asrlarga oid solnomalarda uchraydi. Sharq-u G‘arb chorrahasida barpo etilgan kent o‘z davrida Lidiya, Fors, Ellin, Rim, Vizantiya davlatlari tasarrufida bo‘lgan. 1196-yilda esa saljuqiylar tomonidan fath etilgan. Rimliklar shaharni Dadibra deb atagan bo‘lsa, saljuqiylar unga Zalifre deb nom bergan.

    Foto: “Daryo” / Umidjon Mamarasulov

    Foto: “Daryo” / Umidjon Mamarasulov

    Safranbolu o‘zining qulay joylashuvi tufayli XIII—XX asrlarda mavjud bo‘lgan Sharq-G‘arb savdo yo‘lidagi muhim karvon bekati ham hisoblangan.

    Foto: “Daryo” / Umidjon Mamarasulov

    Foto: “Daryo” / Umidjon Mamarasulov

    Shaharda 1322-yilda Usmoniylar tomonidan qurilgan eski masjid, hammom va Sulaymon Posho madrasasi mavjud. Shaharning gullab-yashnashi XVII-XIX asrlarga to‘g‘ri keladi va sayyohlarni o‘ziga jalb qiladigan rang-barang binolar aynan shu davrga tegishli. Ba’zi eski qasrlarda mehmonxonalar joylashgan.

    Foto: “Daryo” / Umidjon Mamarasulov

    Foto: “Daryo” / Umidjon Mamarasulov

    Safranbolu ikki qismga bo‘lingan bo‘lib, eski shahar deb ataluvchi qismida tarixiy markaz saqlanib qolgan. Unda 25 ta masjid (1656—1661-yillarda qurilgan Ko‘prulu masjidi alohida ajralib turadi), xususiy muzey, maqbaralar, bir nechta turk hammomlari, tarixiy soat minorasi, quyosh soati, shuningdek, qasrlarni o‘z ichiga olgan ko‘plab tarixiy ashyolar mavjud. Shaharda tarixiy ko‘priklar, qoyatosh qabrlar, qadimiy manzilgohlar bor.

    Foto: “Daryo” / Umidjon Mamarasulov

    Foto: “Daryo” / Umidjon Mamarasulov

    Shaharning qoq markazida bozor bor, uning atrofida hunarmandchilik ustaxonalari va eski uylar qurilgan. Safranbolu uylari o‘ziga xos arxitekturasi va joylashuvi tufayli shaharga tashrif buyuruvchilarga an’anaviy turk turmush tarzini ko‘rish imkonini beradi. Bu yerda Usmonlilar imperiyasining uylari hali ham mukammal saqlanib qolgan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo” / Umidjon Mamarasulov

    Shahar o‘rtasidagi maydon tomon olib boruvchi yo‘l va ko‘chalar butunlay tosh bilan qoplangan. Uylarning hovlilari va maydonlar ham tosh bilan qoplangan. Mavjud tosh qoplama uslubi namlikni kamaytiradi, toshqinlarga chidamli va daraxt ildizlariga yetarli miqdorda suv yetib borishini ta’minlaydi.

    Foto: “Daryo” / Umidjon Mamarasulov

    Foto: “Daryo” / Umidjon Mamarasulov

    Shahar bozor qismida joylashgan Karvonsaroyda qahva muzeyi tashkil etilgan. Muzeyga tashrif buyuruvchilar 40 turdagi qahva bilan tanishishi mumkin. Bundan tashqari, 100-150 yillik tarixga ega bo‘lgan qahva idishlari, qahva maydalagichlar, chashkalar, ushbu xushbo‘y ichimlikni tayyorlash uchun barcha aksessuarlar ko‘rgazma sifatida namoyish etilgan. Shuningdek, muzeyda Usmoniylar imperiyasining sultoni Abdulhamid qahva ichgan piyola, mustaqillik urushi faxriysi Imom Sutchga tegishli qahva, 12 burchakli nostandart qahva piyolasini va Mustafo Kamol Otaturk oxirgi qahvasini ichgan kosaning aniq nusxasini ko‘rishlari mumkin.

    Usmoniylar imperiyasining sultoni Abdulhamid qahva ichgan piyola.

    Usmoniylar imperiyasining sultoni Abdulhamid qahva ichgan piyola.
    Foto: “Daryo” / Umidjon Mamarasulov

    Foto: “Daryo” / Umidjon Mamarasulov

    Vaqt o‘tishi bilan karvonlar o‘tmishga aylandi. Ammo shahar o‘tmishni eslatib turishda davom etmoqda.

    Foto: “Daryo” / Umidjon Mamarasulov

    Foto: “Daryo” / Umidjon Mamarasulov

    Mavzuga doir: Fotoreportaj: Tog‘ va o‘rmonlar bag‘rida o‘z tarixini saqlagan Mudurnu

    09.12.2022, 16:43   Izoh (0)   32897
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi yana pastladi

    09.12.2022, 16:20

    Farg‘onada aholiga gaz yetkazib berish uchun korxonalar gazdan uzilganini bila turib norozilik uyushtirgan ishchilar qamaldi

    09.12.2022, 16:18

    Xorijdan tabiiy gaz importi yo‘lga qo‘yilsa, O‘zbekistondagi energiya sohasidagi muammolar to‘liq bartaraf etiladimi?

    09.12.2022, 15:32

    Bir necha kundan buyon hukm surayotgan qorli ob-havoda o‘zbekistonliklar yasagan qorbobolar — suratlarda

    09.12.2022, 15:07

    Olmaliqdagi korxona 5 mingga yaqin xonadonning bir kunlik iste’moliga teng gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

    09.12.2022, 14:44

    O‘zbekistonda narxni oshirgan va sifatsiz mahsulot sotgan 299 ta zapravkaga benzin yetkazib berish to‘xtatildi

    09.12.2022, 14:23
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Daryo” videoreportaji: Ozodbek Nazarbekov Namanganda katta sahnaga qaytdi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 00:10

    Tailandda budda rohibi o‘z hamkasbini otib o‘ldirdi

    Dunyo | 30 iyun, 23:55

    Shahrisabzda ikkita do‘kon yonib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 30 iyun, 23:40

    Britaniyada ChatGPT tufayli ish o‘rinlari bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘ldi

    Dunyo | 30 iyun, 23:25

    Yaponiyada qora ayiq tufayli aeroport faoliyati to‘xtab qoldi (video)

    Dunyo | 30 iyun, 23:10

    “Daryo” dayjesti: 30-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 30 iyun, 23:00

    “Operachi bo‘lish oson emas” — Aqlbek Piyazov italyan tilini o‘rgangani, musofirchilikdagi hayoti va eng ko‘p olgan gonorari haqida gapirdi (foto, video)

    Shou-biznes | 30 iyun, 22:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.