Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiyada iqtisodiy jinoyatlarda gumon qilingan ayollar va voyaga yetmaganlarga qamoqxona kishanlarini taqish taqiqlandi. Bu haqda mamlakat ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Flickr

Foto: Flickr

Rossiya Ichki ishlar vazirligi vakili Irina Volkning so‘zlariga ko‘ra, 7-dekabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Inson huquqlari bo‘yicha kengash yig‘ilishida ushbu masalani muhokama qilganidan keyin qonun kuchga kirgan. Volk gumonlanuvchilarni qo‘lga olishda maxsus vositalarni tanlash “xavflilik darajasi”ga bog‘liqligini qayd etgan.

Sud jarayonlarida kishanlardan foydalanish mavzusini inson huquqlari kengashi vakili Yeva Merkacheva ko‘targan. Rossiya rahbari zo‘ravonlik bo‘lmagan jinoyatlarda gumonlanuvchilarga kishan taqmaslikni qo‘llab-quvvatlagan. U, shuningdek, gumonlanuvchilarning tergov izolyatorida uzoq muddat ushlab turilishini inson huquqlarining buzilishi deb atagan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
General Pyotr Pavel Chexiyaning yangi prezidenti etib saylandi
Dunyo
Amerikadagi rus mafiyasi boshlig‘iga aylanib, Rossiyada o‘lim topgan “qonundagi o‘g‘ri” — “Yaponchik”. Kun xronologiyasida 29-yanvar
Mahalliy
“O‘tgan yil davomida ichki ishlar xodimlari bilan bog‘liq 644 ta salbiy video tarqalgan” — Shohrux G‘iyosov