Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Noyabr oyida Yevropa Ittifoqi davlatlari Rossiya energiyasiga qaramlikni kamaytirish uchun gazga bo‘lgan talabni besh yillik o‘rtacha ko‘rsatkichga nisbatan chorakka kamaytirdi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Ma’lumotlarga ko‘ra, noyabr oyida Yevropaning ushbu turdagi yoqilg‘i iste’molchisi Germaniya va Italiyada gazga bo‘lgan talab mos ravishda 23 va 21 foizga kamaydi.

Fransiya va Ispaniyada bu ko‘rsatkich 20 foizga, Niderlandiyada esa 33 foizdan ko‘proqqa kamaydi.

Noodatiy issiq kuz oylari, shuningdek, gaz narxining sezilarli darajada oshishi talabning pasayishiga yordam berdi.

Sanoat bozor narxlarining aniq belgilanishi hisobiga iste’molni bosqichma-bosqich mutanosib ravishda kamaytirishga erishmoqda. Narxning yuqoriligi bu turdagi yoqilg‘iga talabni rag‘batlantirmaydi, — dedi ICIS tahlilchisi Tom Marzek-Manser.

Mutaxassislarning fikricha, kelajakda Yevropa gazga bo‘lgan talabni yanada kamaytirishi va shu bilan birga uzoq muddatli tanqislikning oldini olish uchun suyultirilgan gaz (LNG) importini oshirishi kerak.

ICIS hisobotida qayd etilishicha, Yevropa Ittifoqi va Buyuk Britaniya noyabr oyida rekord darajadagi 11,14 million tonna LNG import qilgan va dekabrda yana 12 million tonnadan ortiq xomashyo sotib oladi.

Avvalroq narx chegarasini joriy etish muhokamalari sabab Yevropada gaz narxi ko‘tarilayotgani haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Saudiyalik tadbirkor O‘zbekistonda avtomashina ehtiyot qismlari ishlab chiqarishga sarmoya kiritadi 
Mahalliy
1000 dollar oylik olayotgan oʻqituvchilar, 1 mln nafardan oshgan talabalar, yangi qurilgan 27 ta TTJ — oliy taʼlim vaziri oʻrinbosari Komiljon Karimov bilan ekskly...
Mahalliy
Toshkentda 3 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi