Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ba’zida kiyim-kechak shkafida yoqimsiz hid paydo bo‘ladi. Buning sabablari ko‘p bo‘lishi mumkin: yuvilmagan kiyimdan tortib sifatsiz poyabzalgacha. Ushbu muammoni butunlay hal qilishga yordam beradigan bir necha usullar mavjud, deb yozadi Marie Claire.

Foto: Marie Claire

Foto: Marie Claire

Kiyimlarni ko‘zdan kechiring

Foto: Marie Claire

Foto: Marie Claire

Ehtimol, garderobda yuvilmagan kiyim yoki poyabzal bo‘lishi mumkin, bu esa yomon hidning sababchisidir. Bu yerda yagona yechim shkafni to‘liq qayta ko‘rib chiqish va keyin yoqimsiz hid chiqarayotgan narsalarni yuvish yoki chiqarib tashlash bo‘ladi.

Oyoq kiyimlar hidini iste’mol sodasi bilan bartaraf eting

Agar yoqimsiz hidning manbai poyabzal bo‘lsa, ularga iste’mol sodasi solingan qopchalarni qo‘yish kerak. Bir necha soat o‘tgach, noxush hid butunlay yo‘q bo‘ladi.

Nam tozalashni amalga oshiring

Foto: Marie Claire

Foto: Marie Claire

Hidning manbai shkafning burchaklarida to‘plangan chang bo‘lishi mumkin. Barcha kiyimlarni chiqarib, shkafni nam latta bilan yaxshilab artib olish tavsiya etiladi.

Xushbo‘y ilgichlar

Yog‘och ilgichlar ham yomon hidning manbai bo‘lishi mumkin. Ularga sprey yoki atir sepish hiddan xalos bo‘lishning ajoyib usulidir.

Xushbo‘y hid taratuvchi paketlar joylashtiring

Foto: Marie Claire

Foto: Marie Claire

Paketlar ichida yoqimli hid taratuvchi giyohlar mavjud. Asosiy bo‘lim va shkafning tortmasiga ularning bir nechtasini joylashtirish natijasida yoqimsiz hidni gullar ifori bilan almashtirish mumkin.

Efir moylaridan foydalaning 

Agar bunday paketlarni sotib olishni yoqtirmasangiz sevimli efir moylaridan foydalanish mumkin. Buning uchun shkaf burchaklari va tortmalariga bir necha tomchi efir moyi tomizish kifoya qiladi.

Faollashtirilgan ko‘mir

Agar yuqoridagi usullar muammoni hal qilmasa, barcha kiyimlarni shkafdan olib tashlab, har bir bo‘limga bir nechta faol ko‘mir tabletkalarini qo‘yish kerak. So‘ngra shkaf mahkam yopilib, bir necha kun kutiladi. Ko‘mir tabiiy changni yutish vositasi bo‘lib, u barcha hidlarni to‘liq o‘zlashtiradi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Amerikadagi rus mafiyasi boshlig‘iga aylanib, Rossiyada o‘lim topgan “qonundagi o‘g‘ri” — “Yaponchik”. Kun xronologiyasida 29-yanvar
Dunyo
General Pyotr Pavel Chexiyaning yangi prezidenti etib saylandi
Mahalliy
Markaziy bank raisining kripto-aktivlar bo‘yicha ma’lumoti rad etildi