Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ukrainaning bosib olingan hududlarida Rossiya kamida 1 milliard dollarlik bug‘doy yig‘ib olgan. Bu haqda NASA ma’lumotlariga tayanib, Bloomberg xabar berdi.

Foto: “UNIAN”

Foto: “UNIAN”

NASA’ning Oziq-ovqat xavfsizligi va qishloq xo‘jaligi sun’iy yo‘ldosh tasvirlarini o‘rganish natijasida hosilning qayerda yig‘ilgani haqida ma’lumot berdi. Unga ko‘ra, rossiyaliklar Ukrainaning bosib olingan hududida deyarli 6 million tonna bug‘doy yig‘ib olgan. Bu hududlarda kuzgi ekinlarning qariyb 88 foizi yig‘ilgan bo‘lib, hosil olinmagan dalalar asosan front chizig‘i bo‘ylab joylashgan.

Ta’kidlanishicha, Rossiya kemalariga yuklangan Ukraina doni qator davlatlarga, jumladan, Liviya va Eronga eksport qilinmoqda. Biroq jo‘natilgan hajmlarni taxmin qilish qiyin, chunki eksport qiluvchilar tovarlarning kelib chiqishini yashirmoqda. Rossiyaning o‘zi bir necha bor Ukraina donini o‘g‘irlanganini inkor etgan, biroq rasmiylar ishg‘ol qilingan portlardan don jo‘natish qayta tiklanayotganini ommaga ta’kidlamoqda.

NASA Harvest’ning hisob-kitoblari bug‘doyga qaratilgan bo‘lib, hozirgacha Rossiya tomonidan bosib olingan hududlarda saqlanadigan boshqa ekinlar yoki oziq-ovqat mahsulotlari bundan mustasno. Olingan ma’lumotlar ekinlar yig‘ib olingandan keyin nima bo‘lganini ochiqlamaydi. Hosil tahlili shuni ko‘rsatadiki, Ukrainada fermerlar bu yil 26,6 million tonna bug‘doy yig‘ib olgan, bu prognozdan bir necha million tonnaga ko‘p.

Mavzuga doir:

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
General Pyotr Pavel Chexiyaning yangi prezidenti etib saylandi
Dunyo
Amerikadagi rus mafiyasi boshlig‘iga aylanib, Rossiyada o‘lim topgan “qonundagi o‘g‘ri” — “Yaponchik”. Kun xronologiyasida 29-yanvar
Mahalliy
“O‘tgan yil davomida ichki ishlar xodimlari bilan bog‘liq 644 ta salbiy video tarqalgan” — Shohrux G‘iyosov