Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Afg‘oniston va Eron o‘rtasidagi umumiy chegarada yong‘in chiqdi. Bu haqda Hasht-e Subh Daily xabar berdi.

Foto: Hasht-e Subh Daily

Foto: Hasht-e Subh Daily

Ma‘lum qilinishicha, hodisa 4-dekabr kuni, mahalliy vaqt bilan tushki soat 03:00 da yuz bergan. Yong‘inda 20 dan ortiq traktor va bir nechta avtomobili yonib ketgan. Transport egalari katta moliyaviy zarar ko‘rgan.

Ta’kidlanishicha, hodisa oqibatida jabrlanganlar ham bor, ushbu yong‘inga traktorning yonishi sabab bo‘lgani aytilmoqda. Ehtiyot choralariga rioya qilinmagani va yong‘inni o‘chirish vositalarining yo‘qligi sababli bunday hodisalar katta zarar keltirishi qayd etildi.

21-noyabr kuni Afg‘onistonda yo‘lovchi avtobusi daryoga qulashi oqibatida 9 kishi halok bo‘lgani haqida xabar berilgandi. Ularning aksariyati bolalar bo‘lgan. Jarohatlanganlar esa 40 kishini, bir bola, ikki ayol hamda 38 nafar erkak, tashkil qilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Greta Tunberg to‘rtinchi bor tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga nomzod bo‘ldi
Mahalliy
Toshkent shahar Obodonlashtirish bosh boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi
Dunyo
Sovuq urushni rasman yakunlagan Bush va Yelsin, Fransiyaga qochib ketgan mashhur rejissor — Roman Polanski va “Buyuk golland toshqini”. Kun xronologiyasida 1-fevra...