Tomas Myuller Germaniya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlashiga ishora qildi
Germaniya terma jamoasi futbolchisi Tomas Myuller Kosta-Rikaga qarshi o‘yindan so‘ng (4:2) o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
Agar bu mening terma jamoadagi so‘nggi o‘yinimda bo‘lsa, demak, undan zavq oldim. Biz birga aqlbovar qilmas daqiqalarni boshdan kechirdik.
Har bir uchrashuvda butun vujudim bilan harakat qildim. Va buni muhabbat bilan amalga oshirdim”, — deydi 33 yoshli xavbek.
Germaniya terma jamoasi JCH—2022 E guruhida 4 ochko bilan 3-o‘rinni egalladi va musobaqani tark etdi.
Izoh
Kirish
Asosiy yangiliklar