Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ukraina davlat budjeti umumiy jamg‘armasining taqchilligi 2022-yil noyabrda oktabr oyiga nisbatan 11 foizga oshib, 163,3 milliard grivnani tashkil etdi. Bu haqda mamlakat Moliya vazirligiga tayanib, xabar berdi.

Foto: Shutterstock

Foto: Shutterstock

Noyabr oyidagi budjet taqchilligi urush boshlanganidan beri eng yuqori ko‘rsatkichga yetgan. Bungacha maksimal ko‘rsatkich 2022-yil oktabr oyida qayd etilgan bo‘lib, o‘shanda haqiqiy kamomad 143,4 milliard grivnani tashkil qilgan.

Umumiy jamg‘armaning noyabrdagi daromadi deyarli 30 foizga o‘sib, 94,4 milliard grivna, xarajatlari esa 17 foizga oshib, 260,5 milliard grivnani qayd etgan. Davlat budjetining jami kassa xarajatlari oktabrda 231,7 milliardan 312,7 milliard grivnani tashkil qilgan. Yil boshidan buyon davlat budjeti umumiy jamg‘armasining taqchilligi esa 807,5 milliard grivna bo‘lgan.

Mavzuga doir: Ukraina 2023-yilda budjetning deyarli yarmini mudofaa uchun ajratadi

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda 2022-yilda eng ko‘p qaysi avtomobil ishlab chiqarilgani ma’lum bo‘ldi
Dunyo
“Ikkinchi Chernobil” — Dunaydagi ekologik halokat, qimmatbaho kartinalar ortilgan Boeing’ning bedarak yo‘qolishi va Gandiga uyushtirilgan suiqasd. Kun xronologiyas...
Moliya
Chorva mollaridan avtomobilgacha: nega o‘zbekistonliklar o‘z jamg‘armalarini bankda saqlamaydi?