Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ukrainadagi urush tufayli Kavkaz va Markaziy Osiyo mamlakatlarida kambag‘allar soni bir millionga ko‘payishi mumkin. Xalqaro valyuta jamg‘armasining (XVJ) tegishli prognozni e’lon qildi.

Foto: Shutterstock

Foto: Shutterstock

“So‘nggi mintaqaviy iqtisodiy prognozimiz shuni ko‘rsatadiki, Ukrainadagi urush inflyatsiya va pul o‘tkazmalariga ta’siri tufayli Kavkaz va Markaziy Osiyo mintaqasida qashshoqlikni 1 foizga oshirishi mumkin. Bu yaqin yillarda yana 1 millionga yaqin odam qashshoqlik chegarasidan pastga tushishi mumkinligini anglatadi” deyiladi hisobotda.

XVJ mintaqada inflyatsiyaning o‘sishi urush boshlanishidan oldin ham kuzatilganini, biroq uning jahon oziq-ovqat va energiya narxlariga ta’siri “prognozlarni kuchaytirganini” ta’kidladi.

Jamg‘armaga ko‘ra, bunda Qirg‘iziston va Tojikiston ko‘p zarar ko‘radi. “Pul o‘tkazmalarining keskin qisqarishi Tojikistonda qashshoqlik darajasini yanada oshirib, 1,4 foiz punktiga olib kelishi mumkin”, — deydi ekspertlar.

Shu bilan birga, mutaxassislar Kavkazorti va Markaziy Osiyo uchun bundan ham jiddiyroq salbiy oqibatlarni kutishganini tan olgan.

“Ammo, hayratlanarlisi, mintaqadagi aksariyat mamlakatlarda iqtisodiy faollik hamon o‘zini yaxshi saqlab turibdi, bu qisman kutilmagan ijobiy o‘zgarishlar, jumladan, daromadlar o‘sishi va mintaqaga moliyaviy oqimlar hisobigadir”, — deya qo‘shimcha qilgan ular.

Oktabr oyida Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) 2023-yilda global iqtisodiy o‘sish prognozini 2,7 foizgacha pasaytirgandi. Iyul oyida XVJ o‘sishni 2,9 foiz, yanvarda 3,8 foiz bo‘lishini taxmin qilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
General Pyotr Pavel Chexiyaning yangi prezidenti etib saylandi
Dunyo
Amerikadagi rus mafiyasi boshlig‘iga aylanib, Rossiyada o‘lim topgan “qonundagi o‘g‘ri” — “Yaponchik”. Kun xronologiyasida 29-yanvar
Mahalliy
“O‘tgan yil davomida ichki ishlar xodimlari bilan bog‘liq 644 ta salbiy video tarqalgan” — Shohrux G‘iyosov