Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Shavkat Mirziyoyev 1-dekabr kuni Toshkent viloyatida qishloq xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Ta’kidlanishicha, Toshkent viloyatining tuprog‘i unumdor, suvi mo‘l bo‘lib, bundan samarali foydalanilsa, hosildor bog‘ va tokzorlar barpo etish, intensiv sabzavotchilikni yo‘lga qo‘yish, odamlarning bandligini ta’minlash mumkin.

Prezidentning 10-sentabrdagi “Dehqon xo‘jaliklari tashkil etishni qo‘llab-quvvatlash orqali aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida shu borada qator vazifalar belgilangan. Xususan, Toshkent viloyatida 2023-yilda 9 ming gektar paxta va g‘alla maydoni qisqartirilib, 25 sotixdan aholiga beriladi. Bu 60 mingdan ortiq kishini ish bilan ta’minlash imkonini beradi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Davlat rahbarining topshirig‘i bilan mutaxassislar ishtirokida Toshkent viloyatida foydalanilmayotgan imkoniyatlar o‘rganildi va qo‘shimcha chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Yig‘ilishda ana shu takliflar haqida axborot berildi. Unga ko‘ra, viloyatda 62 ming gektar yerni foydalanishga kiritish hisob-kitob qilingan. Ularda yaylov o‘simliklari urug‘chiligini yo‘lga qo‘yish, suv kam talab qiladigan moyli, dukkakli va ozuqa ekinlari yetishtirish, chorva boqish mo‘ljallangan.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati
Shuningdek, Toshkent viloyatining har bir tumani meva-sabzavotchilik, kartoshkachilik, uzumchilik kabi muayyan tarmoqqa ixtisoslashtiriladi. Masalan,
  • Ohangaron, Toshkent, Zangiota, Parkent, Yangiyo‘l, Qibray tumanlarida qariyb 5 ming gektarda intensiv usulda sabzavot yetishtirish;
  • Bo‘stonliq, Yangiyo‘l, Ohangaron, Parkent, Bo‘ka, Bekobod, Chinoz, Oqqo‘rg‘on tumanlarida 1 ming 300 gektar yerni bog‘ qilish;
  • Parkent, Qibray va Piskent tumanlarida 2 ming gektardan ziyod tokzor barpo etish mumkinligi aytildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘rta Chirchiq, Toshkent va Bo‘stonliq tumanlarida “in-vitro” laboratoriyalari tashkil etib, urug‘lik kartoshka yetishtirish mo‘ljallangan. Umuman, mazkur chora-tadbirlar natijasida 24 mingdan ziyod ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan. Prezident bu chora-tadbirlarni ma’qullab, ularni amalga oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiya va Suriyadagi zilzila nega halokatli oqibatlarga olib keldi?
Mahalliy
“Qardoshlarimizga hamdardmiz”. O‘zbek jamoatchiligi Turkiyadagi zilzilaga munosabat bildirdi
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruv bo‘yicha qarorni imzoladi