Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jayev Saudiya Arabistoni investitsiyalar vaziri Xolid al-Falih bilan videokonferensaloqa vositasida uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda ITSV.

Foto: Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

Foto: Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

Qayd etilishicha, energetika sohasida sarmoyaviy hamkorlikning amaliy jihatlari muhokama qilingan. Hozirda ACWA Power kompaniyasi umumiy qiymati 4 milliard dollardan ortiq va quvvati 4,1 GVt dan ortiq bo‘lgan 5 ta loyihani amalga oshirmoqda. Loyihalarni joriy etishni jadallashtirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ko‘rish, shuningdek, qayta tiklanadigan va vodorod energetikasini rivojlantirishni o‘z ichiga olgan 10 milliard dollarlik yangi investitsiya dasturini ishlab chiqishni maromiga yetkazish bo‘yicha kelishuvga erishilgan.

1 milliard 310 million dollarlik MTP texnologiyasi asosida metanoldan propilen ishlab chiqarishni tashkil etishni nazarda tutgan holda kimyo tarmog‘ida investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha ishlarning borishi ko‘rib chiqilgan. Joriy yilning dekabr oyida loyihaning texnik va texnologik parametrlarini ishlab chiqishni jadallashtirish maqsadida Saudiya Arabistoni kompaniyalari delegatsiyasining O‘zbekistonga safari rejalashtirilgan.

Foto: Investitsiyalar va tashqi savdo vaziriligi

Foto: Investitsiyalar va tashqi savdo vaziriligi

Tomonlar, shuningdek, Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi 5 ta shifoxonani rekonstruksiya qilish, Al-Habib tibbiyot akademiyasini tashkil etish va farmatsevtika ishlab chiqarishini yo‘lga qo‘yish yuzasidan fikr almashgan. Saudiya tomoni barcha tayyorgarlik jarayonlarini amalga oshirish va loyiha hujjatlarini shakllantirishni tezlashtirish maqsadida mutaxassislar guruhini yuborishga tayyorligini bildirgan.

Muloqot chog‘ida qishloq xo‘jaligi sohasidagi loyihalarni birgalikda amalga oshirish istiqbollari ham ko‘rib chiqilgan. Iqlim sharoiti va tuproq sifatini o‘rganish bo‘yicha chora-tadbirlar kelishib olingan. Tahlil natijalariga ko‘ra, Navoiy va Toshkent viloyatlarida 1,8 ming gektardan ortiq maydonda Al Rajhi International va Ajlan & Bros kompaniyalari mutaxassislari tomonidan ishlar boshlanadi.

Tomonlar Saudiya Arabistoni Davlat investitsiya jamg‘armasi bilan O‘zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi o‘rtasida qo‘shma investitsiya loyihalarini birgalikda moliyalashtirish to‘g‘risida bitim tuzish, shuningdek, Saudiya Arabistoni Davlat investitsiya jamg‘armasi ko‘magida O‘zbekistonda Indeks aksiyalari jamg‘armasini tashkil etish istiqbollarini muhokama qilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Oxirgi 100 yil ichida sodir bo‘lgan dunyodagi eng kuchli 10 ta zilzila (video+foto)
Dunyo
Polsha bosh vaziri Ukrainadagi urush uchinchi jahon urushiga aylanishini prognoz qildi
Mahalliy
O‘zbekistonda dollar kursi yana oshdi