Sirdaryoda fermer xo‘jaligi rahbari aldov yo‘li bilan fuqaroning 280 mln so‘mini qo‘lga kiritdi
Sirdaryo tumanida fuqaroning 280 million so‘mini qo‘lga kiritgan fermer xo‘jaligi rahbari aniqlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti axborot xizmati xabar berdi.
Bosh prokuratura huzuridagi вepartamentning Sirdaryo tumanш bo‘limi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Unda “S.M.” fermer xo‘jaligi rahbari B.O‘. xo‘jalikning “Paxtachilik va g‘allachilik” uchun ajratilgan 94,9 gektar yer maydonida sholi ekish va ijaraga berishga vakolati bo‘lmasa-da, aldov yo‘li bilan o‘zganing mulkini qo‘lga kiritish maqsadida 60 gektar yer maydonini sholi ekish uchun fuqaro I.D.ga ijaraga berishga kelishib, yozma tilxat asosida 280 mln so‘m naqd pulini olib, o‘zining shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga doir:
- Xorazmda garovga qo‘yilgan 600 mln so‘mlik issiqxonani buzib tashlagan fermer ushlandi
- Sirdaryoda 3 gektar sug‘oriladigan yerda baliqchilik ko‘li tashkil etib, 1,3 mlrd so‘m zarar yetkazgan fermer ushlandi
- Surxondaryoda 428 mln so‘m kredit mablag‘ini talon-toroj qilgan rahbar ushlandi